Oliy Liga 2-tur o`yinlari 8-9 mart kunlari o`tkazildi. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli, rejalashtirilgan etti uchrashuvdan to`rttasi noma`lum muddatga qoldirildi.
8 mart kuni Toshkentdagi «Jar» stadionida «Bunyodkor» va Qarshining «Nasaf» jamoalari o`rtasidagi o`yin o`tkazildi. Ushbu o`yin arafasida «Bunyodkor» ma`muriyati tashabbusi bilan «Jar» stadionida «qor hashari» o`tkazildi, maydon qordan tozalanib, o`yin uchun tayyor holatga keltirildi.
Uchrashuv 3:0 hisobida «Bunyodkor» g`alabasi bilan yakuniga etdi. Ushbu g`alabadan so`ng Mirjalol Qosimov shogirdlari 6 ochko bilan Oliy Liga peshqadami bo`lib turishibdi.
O`zPFL matbuot xizmati Oliy Liga 1-tur uchrashuvlaridan tayyorlangan fotoreportajlarni havola etgan edi. Quyida, «Bunyodkor» – «Nasaf» o`yinidan tayyorlangan fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin.
Suratlar muallifi – Hasan Pirmuhamedov.