Ketma-ket ikkinchi o`yinda 1:0 hisobida g`alaba qozongan «Metallurg» Oliy Liga peshqadamlaridan biriga aylandi.
9 mart kuni Farg`onada Oliy Liga-2013 2-turidan o`rin «Neftchi» hamda Bekobodning «Metallurg» jamoalari o`rtasidagi uchrashuv bo`lib o`tdi. O`yin 1:0 hisobida «Metallurg» g`alabasi bilan yakuniga etdi. Uchrashuvdagi yagona gol 82-daqiqada bekobodliklar yarim himoyachisi Sunnatilla Mamadaliev hisobiga yozildi. O`yin davomida «Metallurg» yarim himoyachisi Ruslan Vagapov jiddiy jarohat olib, maydonni erta tark etishga majbur bo`ldi.
Ushbu g`alaba Rustam Mirsodiqov shogirdlarini musobaqa jadvalida peshqadamlaridan biriga aylantirdi. Hozirda «Metallurg»ning ochkolari soni «Bunyodkor»niki bilan bir xil, faqat Toshkent klubi to`plar nisbatidagi ijobiy ko`rsatkich evaziga, 1-o`rinda borishmoqda.
3-turda «Metallurg» o`z maydonida Samarqandning «Dinamo» jamoasini qabul qiladi. Ushbu o`yin 16 mart kuniga belgilangan. «Neftchi» esa 17 mart kuni Toshkentda «Paxtakor» mehmoni bo`ladi.
Oliy Liga-2013, 2-tur uchrashuvi
9 mart, shanba
«Neftchi» (Farg`ona) – «Metallurg» (Bekobod) 0:1 (0:0)
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), Sh. Bozorov (Namangan).
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).