Oliy Liga 2-turidan o`rin olgan navbatdagi o`yin, noqulay ob-havo sharoiti tufayli, boshqa muddatga qoldirildi.
9 mart, shanba kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida o`tkazilishi kerak bo`lgan «Buxoro» – «So`g`diyona» o`yini, yuzaga kelgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli, noma`lum muddatga qoldirildi.
Bungacha, xuddi shu sabab bilan, 8 mart, juma kuni «Sho`rtan» – «Paxtakor», 9 mart, shanba kuni esa «Dinamo» – «Guliston» va «Navbahor» – «Lokomotiv» o`yinlari qoldirilgan edi.
Ma`lumot o`rnida, taqvim bo`yicha «Buxoro» – «So`g`diyona» o`yini Buxoroda o`tkazilishi kerak edi, biroq Buxorodagi stadionda Universiada musobaqalariga tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani munosabati bilan, o`yin Toshkentga ko`chirilgan edi .