«Navbahor» - «Lokomotiv» uchrashuvi no`malum muddatga qoldirildi

09.03.2013

«Navbahor» - «Lokomotiv» uchrashuvi no`malum muddatga qoldirildi

Oliy Liga 2-turidan o`rin olgan «Navbahor» - «Lokomotiv» uchrashuvi no`malum muddatga qoldirildi.

Ob-havo sharoitining keskin o`zgarib ketishi natijasida Oliy Liganing 2-turidan o`rin olgan bir qator uchrashuvlar no`malum muddatga qoldirildi. 8 mart kuni G`uzorda o`tkazilishi kerak bo`lgan «Sho`rtan» – «Paxtakor» uchrashuvi noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelgani munosabati bilan, qoldirilgan edi. 9 mart kuni Samarqand va Namanganda bo`lib o`tishi lozim bo`lgan yana ikki uchrashuv ob-havoning keskin o`zgarishi natijasida boshqa muddatga qoldirildi.

«Navbahor hamda «Lokomotiv» jamoalari o`rtasidagi uchrashuv o`tkaziladigan yangi sana to`g`risida keyinroq batafsil axborot beriladi.

Kuchli qor yog`ishi natijasida «Navbahor» jamoasi o`z uy o`yinlarini o`tkazadigan stadionda yuzaga kelgan holat

   

cola
apex
mib
mib
mib
mib