O`lkamizda iqlimning keskin o`zgarishi tufayli yuzaga kelgan noqulay ob-havo sharoiti bois, Samarqandda bo`lib o`tishi lozim bo`lgan Oliy Liga 2-turidan o`rin olgan «Dinamo» - «Guliston» uchrashuvi noma`lum muddatga ko`chirildi.
Ikki kun davomida tinimsiz yoqqan qor «Dinamo» stadionidagi milliy chempionat bahsining ochilish uchrashuvini boshqa kunga qoldirilishiga sabab bo`ldi. Uchrashuv rasmiylarining stadionni nazorat qilishlaridan keyin shunday xulosaga kelindi.
Uchrashuv o`tkaziladigan yangi sana to`g`risida keyinroq batafsil axborot beriladi.
Kuchli qor yog`ishi natijasida Samarqanddagi stadionida yuzaga kelgan holat