Oliy Liga 1-tur uchrashuvlari 2-4 mart kunlari bo`lib o`tgan edi.
Etti uchrashuvning faqat bittasida durang natija qayd etildi («Nasaf» – «Olmaliq» 2:2), qolgan uchrashuvlarning bittasida mehmonlar, beshtasida mezbonlar g`alaba qozonishdi. Eng yirik hisob «Bunyodkor» – «So`g`diyona» uchrashuvida qayd etildi – 5:0. «Lokomotiv» – «Buxoro» (5:1) o`yini esa turning eng sermahsul o`yiniga aylandi – darvozalarga jami 6ta gol urildi.
1-turda jami 21ta gol urildi, ularga 16 nafar futbolchi mualliflik qildi. Tur davomida uchta dubl (Elyor Jahonov, «Guliston»; Zayniddion Tojiev va Farhod Tojiev, ikkisi ham «Lokomotiv») va bitta xet-trik (Aleksandr Pishchur, «Bunyodkor») qayd etildi. 1-turda hakamlar tomonidan jami to`rtta penalti belgilanib, ularning barchasi hujumchilar tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
1-tur uchrashuvini boshqarib borgan hakamlar futbolchilarga jami 22 marta sariq kartochka ko`rsatishdi. Eng ko`p ogohlantirish Farg`onada bo`lib o`tgan «Neftchi» – «Dinamo» o`yinida qayd etildi: uchrashuvni boshqarib borgan Vladislav Tseytlin jami sakkiz nafar futbolchini sariq kartochka bilan jazoladi. Bekobodda o`tkazilgan «Metallurg» – «Sho`rtan» uchrashuvida bosh hakam Olim Tolibjonov esa butun o`yin davomida bitta ogohlantirish bilan cheklandi. 4 mart kuni Toshkentda o`tkazilgan «Bunyodkor» – «So`g`diyona» o`yinida Baxtiyor Namozov jizzaxliklar sardori Jalil Kimsanovni 12-daqiqada maydondan chetlatdi – tur davomida boshqa qizil kartochka ko`rsatilmadi.
O`zbekiston Oliy Ligasi 1-tur uchrashuvlarini jami 26689 nafar tomoshabin bevosita stadionlardan kuzatib bordi, bu – har bir o`yinga o`rtacha 3812 nafardan tomoshabin tushdi, degani. Eng ko`p – 12302 nafar tomoshabin «Neftchi» – «Dinamo» o`yiniga tushgan bo`lsa, Toshkentda o`tgan «Bunyodkor» – «So`g`diyona» o`yiniga 764 nafar tomoshabin keldi – ushbu raqam tur doirasidagi eng past ko`rsatkich bo`ldi.
Oliy Liga, 1-tur uchrashuvlari
2 mart, shanba
«Neftchi» (Farg`ona) – «Dinamo» (Samarqand) – 1:0. 12302 tomoshabin.
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), X. Shodmonov (Buxoro), A. Tsapenko (Buxoro), T. To`xstasinov (Andijon).
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
«Neftchi»: 21. F. Turdaliev, 3. Sh. Po`latov, 5. I. Boboxonov, 6. B. Yoqubov, 7. M. Saidov, 10. A. Berdiev (30. O. Zokirov, 66), 11. O. Isroilov (19. Sh. Hakimov, 75), 17. S. Mirzaev, 20. D. Ermatov, 22. I. Akramov, 23. S. Asqaraliev.
Zaxiradagilar: 46. X. Xo`jaev, 8. A. Alijonov, 14. F. Xolmurodov, 15. S. Soibov, 44. Sh. Nasibullaev.
«Dinamo»: 27. A. Melnichuk, 3. M. Kolyadin (24. T. Dadashev, 46), 5. A. Risqullaev, 6. A. Bozorov, 9. V. Kilikevich (21. A. Bobojonov, 64), 10. T. Mirzaev (8. Yu. Suyunov, 87), 13. A. Kletskov, 16. A. Xolmurodov, 17. A. Nabiev, 18. S. Sayfiev, 25. N. Sanaqulov.
Zaxiradagilar: 1. Mixaylov, 11. B. Nasimov, 23. T. Sharipov, 26. K. Sharofutdinov.
Gol: A. Berdiev (29, penalti).
Ogohlantirishlar: I. Boboxonov (24), D. Ermatov (39), I. Akramov (83) – A. Bozorov (28), N. Sanaqulov (50), A. Risqullaev (59), A. Nabiev (80), A. Kletskov (90).
Eng yaxshi o`yinchilar: M. Saidov – A. Kletskov.
«Metallurg» (Bekobod) – «Sho`rtan» (G`uzor) – 1:0. 1099 tomoshabin.
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), V. Najafaliev (Toshkent).
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
«Metallurg»: 1. M. Ikromov, 2. O. Isaboev, 6. D. Karimov, 7. D. Odilov, 8. S. Mamadaliev (24. J. Boboev, 76), 10. Sh. Norbekov (19. R. Vagapov, 65), 11. Sh. Yuldashev, 13. A. Kovalev, 14. D. Karimqulov, 20. M. Sulaymonov, 21. S. Rasulov.
Zaxiradagilar: 32. S. Sultonov, 3. S. Akbarov, 5. U. Tojimov, 17. N. Esonov, 23. M. Akbarov.
«Sho`rtan»: 1. P. Leus, 2. Ya. Krushelnitskiy, 5. A. Aliqulov, 8. A. Fomenko, 10. P. Solomin, 15. O. Jo`raboev, 17. V. Ponamaryov, 18. D. Abibullaev, 19. I. Otaxonov, 20. A. Vostrikov (6. A. Omonov, 68), 24. B. Qodirqulov (3. Sh. Raimqulov, 46).
Zaxiradagilar: 30. A. Korneychuk, 4. J. Otaqulov, 11. I. Xazigaliev, 16. E. Intizomov, 21. Z. Raupov.
Gol: A. Kovalev (84).
Ogohlantirish: P. Solomin (83).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Kovalev – A. Fomenko.
«Nasaf» (Qarshi) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 2:2. 4421 tomoshabin.
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Asimov (Toshkent).
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
«Nasaf»: 21. G`. Hasanov, 4. M. Karimov (77. S. Ne`matov, 76), 5. B. Qoraev, 10. K. To`raev (9. I. Shomurodov, 38), 14. L. Ubaydullaev (8. M. Kamolov, 62), 15. Z. Abdullaev, 17. A. Gevorkyan, 20. E. Boydullaev, 27. I. Yunusov, 28. Sh. Muhammadiev, 32. H. Karimov.Zaxiradagilar: 1. M. Naumov, 3. R. Berdimurodov, 16. A. Yusupov, 34. F. Sayfiev.
«Olmaliq»: 1. M. Shomurodov, 3. A. Isroilov, 2. T. Kagirov, 5. E. Gogol, 6. A. Rustamov, 7. D. Abdurahmonov, 23. Sh. Jo`raev (24. D. Turopov, 65), 13. I. Petkovich (22. S. Shoahmetov, 68), 18. S. Shodmonov, 11. Z. Pirimov, 9. Z. Polvonov (21. Sh. Erkinov, 79).Zaxiradagilar: 16. U. Xonimqulov, 15. B. Yuldashev, 17. M. Abdullaev, 8. Z. To`raev.
Gollar: I. Shomurodov (87), B. Qoraev (90+4) – Z. Polvonov (28), Sh. Erkinov (82).
Ogohlantirishlar: E. Gogol (23), D. Abdurahmonov (71).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Yunusov – M. Shomurodov.
«Qizilqum» (Zarafshon) – «Guliston» (Guliston) – 0:2. 3126 tomoshabin.
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), I. Ibrohimov (Nukus).
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
«Qizilqum»: 70. E. Tojiboev, 2. T. Yafarov, 7. A. Vlasichev, 9. O. Navkarov (8. F. Shotursunov, 46), 10. F. Boboqulov, 12. T. Ayzatulov (6. F. Haydarov, 46), 14. F. Qambarov, 17. T. Vasilev, 19. Ya. Manzukas (11. N. Olimov, 69), 20. I. Ilin, 22. Samatov.
Zaxiradagilar: 1. E. Jabborov, 3. A. Turdiev, 21. G`. G`ulomov, 41. A. G`ulomxo`jaev.
«Guliston»: 24. D. Usmonov, 2. I. Rahimov, 3. A. Sattaev, 18. B. Akbarov, 23. S. Jo`raev, 25. E. Jahonov, 7. R. Hasanov, 15. S. Usmonxo`jaev (17. A. Shog`ulomov, 77), 28. I. Xayrov (22. F. Shotursunov, , 68), 9. X. Yuldashev (10. Z. Qoraqulov, 58), 11. N. Otaqo`ziev.
Zaxiradagilar: 1. Jumanov, 4. D. Otajonov, 19. R. Qodirov, 27. K. Boev.
Gollar: E. Jahonov (7, 56).
Ogohlantirishlar: I. Ilin (58), A. Samatov (82).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Samatov – N. Otaqo`ziev.
3 mart, yakshanba
«Paxtakor» (Toshkent) – «Navbahor» (Namangan) – 2:0. 1002 tomoshabin.
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), D. Karimov (Toshkent).
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
«Paxtakor»: 12. A. Lobanov, 23. A. Merzlyakov, 29. V. Kozak, 5. A. Ismatullaev, 24. D. Hoshimov, 28. S. Andreev (3. G`. O`runov, 78), 26. D. Sharofutdinov, 7. K. Maxaradze, 10. J. Oganesyan (15. D. Iskandarov, 69), 34. O. Qilichev, 19. I. Sergeev (9. T. Abduxoliqov, 57).
Zaxiradagilar: 30. T. Jo`raev, 21. I. Mamatkazin, 38. A. Maxstaliev, 27. I. Suyunov.
«Navbahor»: 16. D. Romanenko, 4. A. Toirov, 6. L. Koshelev (30. S. Hamidov, 63), 7. A. Sultonov (21. A. Aliev, 46), 8. A. Ahmedov, 9. I. Boydedaev, 13. T. Sultonov, 15. V. Pochuev, 20. G`. Jo`raev, 25. A. Jo`raev (23. A. Abdullaev, 46), 32. J. Mehmonov.
Zaxiradagilar: 1. V. Mochalov, 5. M. Hayitov, 18. E. Nizomboev, 26. Q. Muhammadjonov.
Gollar: I. Sergeev (20), J. Oganesyan (37).
Ogohlantirishlar: O. Qilichev (45+1) – A. Sultonov (41), A. Toirov (45), I. Boydedaev (80).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Sergeev – A. Ahmedov.
4 mart, dushanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Buxoro» (Buxoro) – 5:1. 3975 tomoshabin.
Hakamlar: S. Zaylobidinov (Farg`ona), F. Hasanov (Namangan), V. Lushin (Guliston), Z. Qodirov (Navoiy).
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
«Lokomotiv»: 1. P. Bugalo, 7. S. Abdullaev, 8. A. Xolmatov (18. P. Smolyachenko, 77), 9. Z. Tojiev (10. F. Tojiev, 66), 16. J. Hasanov (77. S. Tursunov, 46), 19. I. Inomov, 20. I. Tuxtaxo`jaev, 22. Sh. Sharipov, 23. I. Nagaev, 29. V. Karpenko, 30. D. Jabborov.
Zaxiradagilar: 12. T. G`aniev, 6. D. Rahmatullaev, 14. A. Kusov, 17. S. Mustafoev.
«Buxoro»: 20. S. Qobuljonov, 2. N. Shibamura, 4. D. Oniya, 5. G. Kvesieshvili (6. E. Kochnev, 72), 7. A. Nikolaev, 8. A. Mahmudov, 11. O. Valijonov (10. A. Sanaev, 46), 14. V. Shodiev, 17. O. Narzullaev, 23. A. Azizov (21. B. Vahobov, 46), 24. A. Muhitdinov.
Zaxiradagilar: 30. B. Nosirov, 9. Sh. Sulaymonov, 19. J. Hasanov, 77. A. Murotov.
Gollar: Z. Tojiev (41, penalti, 58), I Nagaev (44), F. Tojiev (74, 85) – A. Nikolaev (84).
Ogohlantirishlar: G. Kvesieshvili (40), E. Kochnev (74).
Eng yaxshi o`yinchilar: Z. Tojiev – A. Nikolaev.
«Bunyodkor» (Toshkent) - «So`g`diyona» (Jizzax) – 5:0. 764 tomoshabin.
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent), X. Mirzaahmedov (Toshkent), Sh. Qosimov (Toshkent).
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
«Bunyodkor»: 1. I. Nesterov, 4. X. Karimov, 6. A. G`ofurov, 7. M. Blajich (14. A. Rahmatullaev, 61), 8. J. Ibrohimov, 11. A. Pishchur, 13. L. To`raev (17. K. Murzoev, 55), 16. A. Filiposyan, 18. F. Musaev, 23. S. Jo`raev (19. J. Hasanov, 46), 33. O. Zoteev.
Zaxiradagilar: 25. M. Zuhurov, 3. A. Hojiakbarov, 5. D. Jo`raev, 9. I. Taran.
«So`g`diyona»: 1. A. Melenchuk, 2. J. Ibrohimov (7. R. Hayitov, 65), 3. I. Komilov, 6. M. Toshmatov, 8. B. Karimjonov, 9. X. Yuldashev, 10. Z. Narziqulov, 13. J. Kimsanov, 14. R. Bayramov (19. S. Hamroev, 74), 15. A. Rahimov (17. S. Rashidov, 90), 24. E. Oripov.
Zaxiradagilar: 16. Sh. Abdullaev, 21. A. Abdurahmonov, 23. B. Qosimov, 26. D. Ikromov.
Gollar: A. Pishchur (12, 28 – ikkisi ham penaltidan, 71), L. To`raev (32), K. Murzoev (86).
Ogohlantirishlar: L. To`raev (6), M. Blajich (52), X. Karimov (90).
Chetlatish: J. Kimsanov (12).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Pishchur – A. Melenchuk.