Yoshlar Birinchiligida 2-tur bahslari start oldi.
«Bunyodkor» Toshkentda «Nasaf»ni qabul qildi va raqibi ustidan 4:2 hisobida g`alaba qozondi. «Bunyodkor» yoshlari ketma-ket ikkinchi bahsda sermahsul o`yin namoyish etishmoqda. Eslatib o`tamiz, 1-turda yosh «bunyodkorchilar» «So`g`diyona»dagi tengdoshlarini bundan ham yirikroq – 5:1 hisobida mag`lubiyatga uchratishgan edi.
G`uzorda esa «Sho`rtan» «Paxtakor» bilan to`qnashdi. Mehmonlar uchrashuvning 73-daqiqasida Javohir Hakimovning aniq zarbasidan so`ng hisobda oldinga chiqib olishdi. Biroq, Yoshlar Birinchiligining o`tgan yilgi g`olibi minimal ustunlikni o`yin oxirigacha saqlab qola olmadi. Oradan 8-daqiqa o`tib Sherzod Xursanov javob golini urdi.
Yoshlar Birinchiligi 2-turidan o`rin olgan navbatdagi o`yinlar 8 mart, juma kuni o`tkaziladi. Shu kuni «Dinamo» – «Guliston», «Olmaliq» – «Qizilqum», «Buxoro» – «So`g`diyona», «Navbahor» – «Lokomotiv», «Neftchi» – «Metallurg» o`yinlari o`tkazilishi belgilangan.
Yoshlar Birinchiligi, 2-tur uchrashuvlari
7 mart, payshanba
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi) – 4:2. 25 tomoshabin.
Hakamlar: A. Ergashev (Toshkent), F. Yormuhamedov, S. Shoyusupov, O. To`ychiboev.
Inspektor: G. Imomov (Toshkent).
Gollar: A. Mamazoitov (41), B. Pardaev (51), S. Rashidov (62), S. Azimov (76) – E. Boymatov (29), N. Normurodov (84).
Ogohlantirishlar: Z. Nurmatov (73), X. Asqarov (80), A. Hojiakbarov (89) - M. Mo`minov (69), S. Baratov (89).
Chetlatishlar: A. Hojiakbarov (ikkinchi ogohlantirish, 90) – S. Baratov (ikkinchi ogohlantirish, 90).
«Sho`rtan» (G`uzor) – «Paxtakor» (Toshkent) – 1:1. 53 tomoshabin.
Hakamlar: N. Meshkov (Samarqand), A. Kalinin, F. Usmonov, Sh. Ro`ziqulov.
Inspektor: R. Serazetdinov (Toshkent).
Gollar: Sh. Xursanov (81) – J. Hakimov (73).
Ogohlantirishlar: X. Murtazoev (24), O. Karimov (30), X. Abdualimov (90+1) – S. Shixov (39), A. Maxsataliev (41), A. Komilov (58), M. Fomin (60).