Oliy Liga 2-tur uchrashuvlari 8-9 mart kunlari o`tkaziladi. Yoshlar Birinchiligi doirasidagi o`yinlar 7-8 mart kunlari o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Oliy Liga 2-tur uchrashuvlari 8 mart, juma kuni start oladi. Shu kuni «Bunyodkor» o`z maydonida Qarshining «Nasaf» jamoasini qabul qilsa (o`yin 17:00da boshlanadi), amaldagi O`zbekiston chempioni «Paxtakor» G`uzorda «Sho`rtan» mehmoni bo`ladi (16:00).
9 mart, shanba kuni tur doirasidagi yana beshta o`yin o`tkaziladi. Mavsumni g`alaba bilan boshlagan Sirdaryo viloyatining «Guliston» jamoasi Samarqandga safar qilib, «Dinamo» mehmoni bo`lsa (15:00), 1-turda so`nggi daqiqalarda g`alabani qo`ldan chiqargan «Olmaliq» o`z maydonida «Qizilqum»ni qabul qiladi (16:00).
Vodiydagi ikki o`yin: «Navbahor» – «Lokomotiv» hamda «Neftchi» – «Metallurg» bahslari bir xil – 15:00da boshlanadi. Buxoroda Universiada musobaqalariga tayyorgarlik munosabati bilan Toshkentdagi «Paxtakor» stadioniga ko`chirilgan «Buxoro» – «So`g`diyona» o`yini esa 16:00da boshlanadi.
Avvalroq, 2-tur uchrashuvlarini boshqarib boruvchi hakamlar ro`yxati e`lon qilingan edi.
Oliy Liga-2013, 2-tur uchrashuvlari
8 mart, juma
8. «Bunyodkor» – «Nasaf» – 17:00
9. «Sho`rtan» – «Paxtakor» – 16:00
9 mart, shanba
10. «Dinamo» – «Guliston» – 15:00
11. «Olmaliq» – «Qizilqum» – 16:00
12. «Buxoro» – «So`g`diyona» – 16:00
13. «Navbahor» – «Lokomotiv» – 15:00
14. «Neftchi» – «Metallurg» – 15:00
Yoshlar Birinchiligi, 2-tur uchrashuvlari
7 mart, payshanba
8. «Bunyodkor» – «Nasaf» – 15:00
9. «Sho`rtan» – «Paxtakor» – 15:00
8 mart, juma
10. «Dinamo» – «Guliston» – 15:00
11. «Olmaliq» – «Qizilqum» – 15:00
12. «Buxoro» – «So`g`diyona» – 14:00
13. «Navbahor» – «Lokomotiv» – 14:00
14. «Neftchi» – «Metallurg» – 14:00