2-4 mart kunlari 2013 yilgi O`zbekiston Oliy Ligasi 1-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi.
Tur doirasidagi uchta o`yin 3-4 mart kunlari Toshkentda o`tkazildi. 3 mart kuni amaldagi O`zbekiston chempioni «Paxtakor» o`z maydonida «Navbahor»ni qabul qilib, chempionlikni himoya qilish yo`lida ilk g`alabani qo`lga kiritgan bo`lsa (2:0), 4 mart, dushanba kuni «Bunyodkor» va «Lokomotiv» jamoalari mos ravishda «So`g`diyona» (5:0) va «Buxoro» (5:1) ustidan yirik g`alabalarga erishishdi.
O`zPFL Matbuot xizmati ushbu uchrashuvlardan tayyorlangan fotolavhalarni e`tiboringizga havola qiladi. Suratlar muallifi – Hasan Pirmuhamedov.
3 mart. «Paxtakor» (Toshkent) – «Navbahor» (Namangan) 2:0.
4 mart. «Bunyodkor» (Toshkent) – «So`g`diyona» (Jizzax) 5:0.
4 mart. «Lokomotiv» (Toshkent) – «Buxoro» (Buxoro) 5:1.