O`tgan yili 19ta gol bilan Chempionatning eng yaxshi to`purariga aylangan «Neftchi»ning 34 yoshli hujumchisi Anvar Berdiev joriy mavsumni ham, kutilganidek, jamoa etakchisi sifatida boshladi.
«Neftchi»ning bu yilgi musobaqadagi ilk o`yini – «Dinamo»ga qarshi bahs taqdirini aynan Anvar Berdiev tomonidan urilgan gol hal qildi. U 29-daqiqada samarqandliklar darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi.
Farg`onadagi o`yin 15:00da boshlandi. 2 mart kuni bo`lib o`tgan o`yinlardan «Metallurg» – «Sho`rtan» bahsi ham aynan shu vaqtda boshlangan edi, biroq o`yinning uchdan bir qismi o`tgan vaqtda ham bu uchrashuvda hisob ochilmagan edi. Shunday qilib, «Neftchi» hujumchisi 2013 yilgi chempionatning ilk goli muallifiga aylandi.