Oliy Liga 1-tur uchrashuvlarini yakunlab bergan – «Lokomotiv» va «Buxoro» jamoalari o`rtasidagi o`yinida yirik hisob qayd etildi. Aka-uka Zayniddin va Farhod Tojievning dubllari hamda Ivan Nagaevning bitta goli «temiryo`lchilar»ning 5:1 hisobida g`alaba qozonishlarini ta`minladi. «Buxoro»ning yagona javob goli jamoa yarim himoyachisi Aleksey Nikolaev hisobiga yozildi.
2013 yilgi O`zbekiston milliy chempionati bahslari 2 mart kuni start olgan, 3 mart kuni «Paxtakor» va «Navbahor» o`rtasidagi o`yin o`tkazilgan edi.
Navbatdagi, 2-tur uchrashuvlari 8-9 mart kunlari o`tkaziladi.
Murabbiylarning fikrlari:
Xakim Fuzaylov, «LOKOMOTIV»: «Uchravshuv juda qiziqarli vaziyatlarga boy bo`ldi. O`yin birinchi golgacha edi. Biz gol urib olgach, raqib oldinga o`tdi, biz esa yaratilgan imkoniyatlardan foydalandik»
Tachmurod Agamurodov, «BUXORO»: «Omad kuchlilarga kulib boqadi. Bugun «Lokomotiv» bizdan kuchliroq edi. Raqibimizni bugungi chiroyli g`alabasi bilan tabriklayman»
Oliy Liga-2013, 1-tur uchrashuvlari
«LOKOMOTIV» (Toshkent) – «BUXORO» (Buxoro) 5:1 (2:0). Tomoshabinlar 3975
HAKAMLAR: S. Zaylobiddinov (Farg`ona), F. Hasanov (Namangan), V. Lushin (Guliston), Z. Qodirov (Navoiy).
NAZORATChI: F. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: Zayniddin Tojiev (40-pen., 58), Ivan Nagaev (43), Farhod Tojiev (73, 84) – Aleksey Nikolaev (83).
«Lokomotiv»: 1. Pavel Bugalo, 7. Sadriddin Abdullaev, 8. Akmal Xolmatov (18. Pavel Smolyachenko, 75) 9. Zayniddin Tojiev (10. Farhod Tojiev, 64), 16. Jasur Hasanov (77. Sanjar Tursunov, 46), 19. Islom Inomov, 20. Islom To`xtaxo`jaev, 22. Sherzod Sharipov, 23. Ivan Nagaev, 29. Viktor Karpenko, 30. Dilshod Jabborov.
«BUXORO»: 20. Sardor Qobuljonov, 2. Naoya Shibamura, 4. Devid Oniya, 5. Georgiy Kveseishvili (6. Evgeniy Kochnev, 71), 7. Aleksey Nikolaev, 8. Alisher Mahmudov, 11. Otabek Valijonov (10. Alisher Sanoev, 46), 14. Vohid Shodiev, 17. Otabek Narzullaev, 23. Alisher Azizov (21.Baxriddin Vahobov 46), 24. Asqar Muxiddinov.
Eng yaxshi o`yinchilar: Zayniddin Tojiev - Aleksey Nikolaev