O`zbekiston Yoshlar Birinchiligida 1-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.
3 mart kuni Yoshlar Birinchiligi 1-turidan o`rin olgan so`nggi ikki o`yin o`tkazildi. «Lokomotiv» va «Buxoro» o`rtasidagi o`yinda Farhod Tojievning dubli «temiryo`lchilar»ga g`alaba keltirgan bo`lsa, «Bunyodkor» yoshlari «So`g`diyona»ni 5:1 hisobida mag`lub etishdi.
Qayd etish joiz, «Bunyodkor»ning natijasi 1-turda qayd etilgan eng yirik hisob bo`ldi. Bundan tashqari, 1-turda yana bir uchrashuvda yirik hisob qayd etilgan bo`lib, Farg`onada o`tkazilgan «Neftchi» hamda Samarqandning «Dinamo» jamoalari o`rtasidagi o`yinda maydon egalari 3:0 hisobida g`alaba qozonishgan edi.
Eslatib o`tamiz, Yoshlar Birinchiligi 1-tur o`yinlari 1 mart kuni start olgan, 2 mart bitta o`yin o`tkazilgan edi. Musobaqaning navbatdagi tur o`yinlari 7-8 mart kunlari o`tkaziladi.
Yoshlar Birinchiligi, 1-tur uchrashuvlari
3 mart, yakshanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Buxoro» (Buxoro) – 2:0. 53 tomoshabin.
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), B. Bahromov, A. Po`latov, I. Garmashov.
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: F. Tojiev (18, 23).
Ogohlantirishlar: I. Aliboev (31), N. Efremenko (81), K. Abramov (90+1) – M. Hamdamov (49).
«Bunyodkor» (Toshkent) – «So`g`diyona» (Jizzax) – 5:1. 58 tomoshabin.
Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent), O. Abduvasilov, N. Ro`zimov, I. Xudoydotov.
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
Gollar: M. Qosimov (15, penalti), A. Mamazoitov (26), I. Taran (34, 43), B. Pardaev (50) – A. Abdurahmonov (88).
Ogohlantirishlar: J. Mirabdullaev (28), Z. Nurmatov (31) – A. No``monov (14).