Yoshlar Birinchiligi: Chempion g`alaba bilan boshladi

03.03.2013

Yoshlar Birinchiligi: Chempion g`alaba bilan boshladi

2013 yilgi Yoshlar Birinchiligi 1-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

1 mart kuni 2013 yilgi Yoshlar Birinchiligi bahslari start olgan edi. 2 mart kuni 1-tur doirasida bitta – «Paxtakor» va «Navbahor» yoshlari o`rtasidagi o`yin bo`lib o`tdi.

O`yin Yoshlar Birinchiligining amaldagi chempionining 2:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakuniga etdi. Abdulaziz Yusupov va Igor Rogovanovning gollariga namanganliklar biror marta ham javob bera olishmadi.

Yoshlar Birinchiligi 1-turidan o`rin olgan so`nggi ikki o`yin 3 mart kuni o`tkaziladi. Shu kuni «Lokomotiv» yoshlari «Buxoro»ni qabul qilsa, «So`g`diyona» o`rinbosarlari «Bunyodkor» mehmoni bo`lishadi.

Yoshlar Birinchiligi-2013, 1-tur uchrashuvi
2 mart, shanba
«Paxtakor» (Toshkent) – «Navbahor» (Namangan) – 2:0. 85 tomoshabin.
Hakamlar:
D. Karimov (Toshkent), M. Karimov, S. Karimov, D. Pislegin.
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
Gollar: A. Yusupov (30), I. Rogovanov (90+2).
Ogohlantirishlar: A. Babayan (33), A. Maxsataliev (45) – S. Abdullaev (25), M. Nuritdinov (64), Z. Toshpo`latov (83).

cola
apex
mib
mib
mib
mib