2013 yilgi Oliy Liga bahslari 1-turidan o`rin olgan dastlabki 4ta o`yin yakuniga etdi.
2 mart kuni 2013 yilgi Oliy Liga bahslari start oldi. Musobaqani «Neftchi» – «Dinamo» va «Metallurg» – «Sho`rtan» o`yinlari boshlab bergan bo`lsa, o`yinlar «Qizilqum» – «Guliston» bahsi bilan davom etdi. Kunni «Nasaf» va «Olmaliq» jamoalari o`rtasidagi qiziqarli o`yin yakunlab berdi.
Qayd etish joiz, «Neftchi» – «Dinamo» va «Metallurg» – «Sho`rtan» o`yinlari mezbonlarning bir xil – 1:0 hisobidagi g`alabalari bilan yakuniga etdi. «Qizilqum» va «Guliston» jamoalari o`rtasidagi o`yinda esa, ta`bir joiz bo`lsa, 2013 yilgi mavsumning dastlabki sensatsiyasi sodir bo`ldi – Oliy Liga debyutanti hisoblangan «Guliston» mavsumni safardagi g`alaba bilan boshladi – 2:0.
Xuddi «Guliston» singari «Olmaliq» ham mavsumni safar g`alabasi bilan boshlashga yaqin edi. Birinchi bo`limda Zafar Polvonov, o`yin yakunlanishi arafasida Shahboz Erkinov tomonidan urilgan gollar Igor Shkvirin shogirdlarining Qarshidagi g`alabasini ta`minlab qo`ygandek edi. Biroq butun o`yin davomida «Olmaliq» darvozasiga yo`l topa olmagan «Nasaf» futbolchilari so`nggi 5 daqiqada Maqsatmurot Shomurodov darvozasini ikki bor aniq nishonga olishdi – 2:2.
Uchrashuv yakuniga etganidan so`ng, «Nasaf» bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev o`z fikrlari bilan o`rtoqlashib, jumladan shunday dedi: «O`z maydonimizdagi durang, albatta, bizni qoniqtirmadi. Lekin 0:2 hisobini o`yin so`nggida 2:2ga o`zgartirib, shogirdlarim o`ziga xos xarakter ko`rsatishdi». «Olmaliq» jamoasi bosh murabbiyi Igor Shkvirin esa futbol 90 daqiqa davom etishi bugun yana bir marta o`z isbotini topganini qayd etib o`tdi: «Nasaf» baribir o`z mahoratini namoyish etdi. Futbol 90 daqiqadan iborat. Shu bois hakam hushtagi chalinguniga qadar xotirjamlikkaa berilish yaxshi emas. Umuman bu yilgi mavsumda kuchli oltilikka kirishni maqsad qilib qo`yganmiz».
Turning qolgan uch o`yini 3 va 4 mart kunlari Toshkentda bo`lib o`tadi. Yakshanba kuni «Paxtakor» «Navbahor»ni qabul qilsa, dushanba kuni «So`g`diyona» va «Buxoro» mos ravishda «Bunyodkor» va Lokomotiv» mehmoni bo`lishadi.
Oliy Liga-2013, 1-tur uchrashuvlari
2 mart, shanba
«NASAF» (Qarshi) – «OLMALQ» (Olmaliq) 2:2 (0:1)
HAKAMLAR: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Asimov (Toshkent).
GOLLAR: Ilhom Shomurodov (87), Botir Qoraev (90+4) – Zafar Polvonov (28), Shahboz Erkinov (82).
OGOHLANTIRIShLAR: Gogol (23), Abdurahmonov (71).
«NASAF»: 21. G`ayratjon Hasanov, 4. Maqsud Karimov (77. Suhrob Ne`matov, 76), 5. Botir Qoraev, 10. Kenja To`raev (9. Ilhom Shomurodov, 38), 14. Laziz Ubaydullaev (8. Mirzakamol Kamolov, 62), 15. Zohid Abdullaev, 17. Artur Gevorkyan, 20. Erkin Boydullaev, 27. Ilhom Yunusov, 28. Shuhrat Muhammadiev, 32. Hamza Karimov.
Zaxirada qolganlar: 1. Mixail Naumov, 3. Rahmatulla Berdimurodov, 16. Alisher Yusupov, 34. Farruh Sayfiev.
«OLMALIQ»: 1. Maqsatmurot Shomurodov, 3. Azamat Isroilov, 2. Timur Kagirov, 5. Evgeniy Gogol, 6. Akmal Rustamov, 7. Doston Abdurahmonov, 23. Sherali Jo`raev (24. Diyorjon Turapov, 65), 13. Igor Petkovich (22. Sanjar Shoahmedov, 68), 18. Samandar Shodmonov, 11. Zohir Pirimov, 9. Zafar Polvonov (21. Shahboz Erkinov, 79).
Zaxirada qolganlar: 16. Umidjon Xonimqulov, 15. Bahrom Yuldoshev, 17. Ma`murjon Abdullaev, 8. Zafar To`raev.
Qarshi. «Markaziy» stadion. 4421 tomoshabin.
«METALLURG» (Bekobod) – «ShO`RTAN» (G`uzor) 1:0 (0:0)
GOL: Aleksandr Kovalyov (80).
«QIZILQUM» (Zarafshon) – «GULISTON» (Guliston) 0:2 (0:1)
HAKAMLAR: X. Ro`ziev (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), I. Ibrohimov (Nukus).
NAZORATChI: S. Ermatov (Toshkent).
GOL: Elyor Jahonov (7, 54).
OGOHLANTIRIShLAR: Ilya Ilin (65), Alisher Samatov (82).
«QIZILQUM»: 70. Eldor Tojiboev, 2. Timur Yafarov, 7. Andrey Vlasichev, 9. Olim Navkarov (8. Farrux Shotursunov, 46), 10. Feruz Boboqulov, 12. Temur Ayzatulov (6. Farrux Haydarov, 46), 14. Fayzulla Qambarov, 17. Temur Vasilev, 19. Yannis Mandzukas (11. Navro`zbek Olimov, 67), 20. Ilya Ilin, 22. Alisher Samatov.
Zaxirada qolganlar: 1. Erkin Jabborov, 3. Alisher Turdiev, 21. G`ulomhaydar G`ulomov, 41. Aziz G`ulomxo`jaev.
«GULISTON»: 24. Doniyor Usmonov, 2. Ibrohim Rahimov, 3. Akbar Sattaev, 18. Boburjon Akbarov, 23. Sarvarjon Jo`raev, 25. Elyor Jahonov, 7. Robbim Hasanov, 15. Sobir Usmonxo`jaev (17. Alisher Shog`ulomov, 77), 28. Ilyos Xayrov, 9. Xurshid Yo`ldoshev (10. Zafarjon Qoraqulov, 55), 11. Nosir Otaqo`ziev.
Zaxirada qolganlar: 1.Ilhom Jumanov, 4. Jasur Otajonov, 19. Rustam Qodirov, 22. Tohir Shamsiddinov, 27. Konstantin Boev.
«NEFTChI» (Farg`ona) – «DINAMO» (Samarqand) 1:0 (1:0)
HAKAMLAR: V. Tseytlin (Toshkent), X. Shodmonov (Buxoro), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), T.To`xtasinov (Andijon).
NAZORATChI: R. Aytekov (Toshkent).
GOL: Anvar Berdiev (28, penalti).
OGOHLANTIRIShLAR: Iqbol Boboxonov (15), Akmal Bozorov (27), Axrol Risqullaev (60)
«NEFTChI»: Farrux Turdialiev, Iqbol Bobohonov, Shukurali Po`latov, Dilyorbek Ermatov, Sanjar Asqaraliev, Baxtiyor Yoqubov, Iqbol Akramov, Sardor Mirzaev, Mansur Saidov, Otabek Isroilov (Sherzod Hakimov, 73), Anvar Berdiev (Otabek Zokirov, 66).
«DINAMO»: Andrey Melnichuk, Akmal Xolmurodov, Axrol Risqullaev, Maksim Kolyadin (Timur Dadashev, 46), To`lqin Mirzaev (Yunus Suyunov, 76), Nodir Sanoqulov, Vladimir Kilikevich (Azamat Bobojonov, 64), Abdulla Nabiev, Aleksandr Kletskov, Akmal Bozorov.
Farg`ona, «Farg`ona» Markaziy o`yingohi. 12302 tomoshabin.