1 mart kuni 2013 yilgi O`zbekiston Yoshlar Birinchiligi bahslari start oldi.
Yoshlar Birinchiligi 1-turidan o`rin 4ta uchrashuv 1 mart, juma kuni bo`lib o`tdi. Jumladan, 2012 yilgi musobaqa vitse-chempioni – Farg`onaning «Neftchi» jamoasi o`z maydonida Samarqand «dinamochilari»ni qabul qilib, yirik – 3:0 hisobida g`alaba qozondi.
O`tgan mavsumning etakchi jamoalaridan biri bo`lib, kuchli beshlikdan o`rin olgan «Nasaf» va «Olmaliq» yoshlari o`rtasidagi o`yin murosasiz kurashlarga boy bo`ldi. Olmaliqliklar birinchi bo`lib hisobni ochib, o`yin davomida ikki marta hisobda oldinda borganlariklariga qaramay, Bahodir Annamatov qo`l ostidagi «Nasaf» yoshlari oxir-oqibat g`alabani yulqib olishga muvaffaq bo`lishdi – 3:2. Xuddi shu hisob Zarafshonda o`tgan «Qizilqum» va «Guliston» yoshlari o`rtasidagi o`yinda ham qayd etildi. 2012 yili ma`lum muddat Yoshlar Birinchiligi g`olibligiga da`vogar bo`lgan «Qizilqum», 2013 yilgi mavsumni o`z maydonida debyutantga mag`lub bo`lish bilan boshladi.
«Metallurg» va «Sho`rtan» yoshlari o`rtasidagi o`yinda 1:1 hisobida durang qayd etildi.
Yoshlar Birinchiligi 1-turidan o`rin olgan navbatdagi uchrashuvlari 2 va 3 mart kunlari bo`lib o`tadi. Shanba kuni «Paxtakor» va «Navbahor» yoshlari o`zaro to`qnashsa (o`yin 15:00da boshlanadi), yakshanba kuni «Lokomotiv» – «Buxoro» (14:00) va «Bunyodkor» – «So`g`diyona» (15:00) uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Yoshlar Birinchiligi, 1-tur uchrashuvlari
1 mart, juma
«Neftchi» (Farg`ona) – «Dinamo» (Samarqand) – 3:0. 413 tomoshabin.
Hakamlar: T. To`xstasinov (Andijon), D. Hakimov, O. Abdunabiev, R. Kopadze.
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gollar: A. Tursunov (43), D. Dadaboev (78), O. Haydarov (90+3).
Ogohlantirishlar: Sh. Xolmatov (44), I. G`aniev (83) – D. Nuraliev (9), K. Sharofutdinov (78), T. Sharipov (85).
Chetlatish: D. Buxorov («Neftchi», 60).
«Metallurg» (Bekobod) – «Sho`rtan» (G`uzor) – 1:1. 123 tomoshabin.
Hakamlar: V. Najafaliev (Toshkent), I. Abdulakov, R. Mahmudov, M. Muhamedov.
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gollar: S. Inomjonov (41) – X. Murtazoev (21).
Ogohlantirishlar: N. Muhamadiev («Sho`rtan», 90+2).
«Nasaf» (Qarshi) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 3:2. 453 tomoshabin.
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), F. Usmonov, K. Rasulov, N. Qosimov.
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Gollar: A. Allaniyozov (14), M. Mo`minov (76), S. Xolmurodov (87) – F. Nurliboev (13), Sh. Mirzaev (69).
Ogohlantirishlar: A. Malikov (30), U. Dadaboev (81) – F. Nurliboev (30).
Chetlatish: U. Dadaboev (81).
«Kizilkum» (Zarafshon) – «Guliston» (Guliston) – 2:3. 372 tomoshabin.
Hakamlar: I. Ibrohimov (Nukus), R. Samandarov, O. Jumaev, S. Ivlev.
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Gollar: N. Alimov (37), F. Shotursunov (90+2) – D. Xudoyberdiev (90+1), Z. Qoraqulov (74), N. Teshaboev (87).
Ogohlantirishlar: Z. Komilov (60) – D. Yo`ldashev (15), A. Alimov (32), D. Davlatov (78).