2 mart kuni futbol bo`yicha 2013 yilgi O`zbekiston Chempionati bahslari start oladi. Oliy Liganing 1-turi doirasida o`tkaziladigan etti uchrashuvdan to`rttasi O`zMTRK «Sport» telekanalida namoyish etiladi.
Jumladan, 2 mart, shanba kuni Qarshida bo`lib o`tadigan «Nasaf» – «Olmaliq» uchrashuvi xuddi shu kunning o`zida, 22:20da yozib olingan holda namoyish etiladi.
Qayd etish joiz, 2 mart kuni Farg`onada «Neftchi» Samarqandning «Dinamo» jamoasini qabul qilsa, Bekobodda «Metallurg» va G`uzorning «Sho`rtan» jamoalari, Zarafshonda esa «Qizilqum» va Oliy Liga debyutanti – Gulistonning «Guliston» jamoalari o`zaro to`qnashadi.
3 mart, yakshanba kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida 16:00da boshlanadigan «Paxtakor» va Namanganning «Navbahor» jamoalari o`rtasidagi o`yin «Sport» telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.
Texnik sabablarga ko`ra, Jizzaxdan Toshkentga ko`chirilgan Toshkentning «Bunyodkor» va Jizzaxning «So`g`diyona» jamoalari o`rtasidagi o`yin ham «Sport» telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi rejalashtirilgan. «Jar» stadionida o`tkaziladigan o`yin 4 mart, dushanba kuni, soat 14:00da boshlanadi.
Dushanba kuni, shuningdek, «Lokomotiv» stadionida Toshkentning «Lokomotiv» va Buxoroning «Buxoro» jamoalari o`rtasidagi o`yin bo`lib o`tadi. Uchrashuv shu kuni 21:55da, yozib olingan holda, «Sport» telekanalida namoyish etiladi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Oliy Liga 1-tur uchrashuvlari boshlanish vaqtlari e`lon qilingan edi.
«Sport» telekanalida namoyish etiladigan Oliy Liga-2013 1-tur uchrashuvlari
2 mart, shanba. «Nasaf» – «Olmaliq» – 22:20 (yozib olingan holda)
3 mart, yakshanba. «Paxtakor» – «Navbahor» – 15:55 (jonli efir)
4 mart, dushanba. «Bunyodkor» – «So`g`diyona» – 14:00 (jonli efir)
4 mart, dushanba. «Lokomotiv» – «Buxoro» – 21:55 (yozib olingan holda)