Futbol hakamlari ishtirokida yig`ilish o`tkazildi

28.02.2013

Futbol hakamlari ishtirokida yig`ilish o`tkazildi

28 fevral kuni O`FF majlislar zalida o`zbekistonlik barcha futbol hakamlar ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi. Unda O`FF va O`zPFL rahbariyati mavsum oldidan hakamlar bilan uchrashdi.

Qayd etish joiz, 2 mart kuni start oladigan 2013 yilgi Oliy Liga bahslarida 16 nafar bosh hakam va 30 nafar bosh hakamlari faoliyat yuritadi. O`zPFL bosh direktori Farhod Magametovning ta`kidlashicha, 2013 yilgi hakamlik gonorari 20 foizga oshgan.

Yig`ilishda OFK yo`riqchisi Farhod Abdullaev ham chiqish qilib, FIFA qarorgohida o`tgan va o`zi ishtirok etgan seminar to`g`risida hisobot berdi. Abdullaev o`yin qoidalariga kiritilgan yangi o`zgarishlar to`g`risida axborot berib, hakamlarning savollariga javob qaytardi.

Yig`ilishda hakamlarning klublarning matbuot kotiblari bilan hamkorlikda ishlashi masalasiga ham alohida e`tibor qaratildi. Farhod Magametovning alohida qayd etishicha, hakamlar o`yin yakuniga etganidan so`ng 30 daqiqa ichida o`yin qaydnomasini to`ldirib, uni mezbon jamoa matbuot kotibiga topshirishga majburdirlar.

«Qaydnomani mezbon jamoa matbuot kotibi 1 soat ichida O`zPFL matbuot xizmatiga jo`natish uchun o`yin hakamlari ham javobgar hisoblanadi», - deya qo`shimcha qildi O`FF Hakamlar boshqarmasi boshlig`i Noil Lutfullin.

Ma`lumot o`rnida, 2013 yilgi musobaqalarda xizmat qilishga tavsiya etilgan hakamlar ro`yxati O`zPFL saytining "Hujjatlar" bo`limiga joylashtirilgan.  

cola
apex
mib
mib
mib
mib