2013 yilgi O`zbekiston Kubogiga qur`a tashlandi

27.02.2013

2013 yilgi O`zbekiston Kubogiga qur`a tashlandi

27 fevral kuni 2013 yilgi O`zbekiston Kubogi bahslariga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.

Qayd etish joiz, O`zbekiston Kubogining o`tkazilish formatida bir qator o`zgarishlar yuz berdi. Bu yilgi musobaqa quyidagi tartibda o`tadi:

Birinchi bosqich – saralash. Joriy yilning mart oyida Birinchi Liga jamoalari orasidan 1/16 final bosqichida ishtirok etadigan klublarni aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Raqiblar qur`a asosida aniqlanadi. Bosqich bitta o`yindan iborat bo`ladi. Musobaqa jadvali (setkasi) bo`yicha yuqoriroq turgan jamoa «maydon egasi»ga aylanadi.

Ikkinchi bosqich. 1/16 final. Unda saralash bosqichida g`olib chiqqan Birinchi Liga jamoalari va Oliy Liga klublari ishtirok etadi hamda ular, qur`a asosida, musobaqa jadvali (setkasi)dagi 1Vdan to 12Vgacha bo`lgan raqamlarga bo`lib chiqiladi. Ayni vaqtda, 2012 yilgi O`zbekiston Chempionati bahslarida mos ravishda 3- va 4-o`rinni egallagan «Lokomotiv» va «Nasaf» jamoalari faqat 6V va 7V raqamlari uchun qur`ada qatnashadi.

2013 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi ishtirokchilari – 2012 yilgi O`zbekiston chempioni «Paxtakor» va 2012 yilgi O`zbekiston Kubogi sohibi «Bunyodkor» jamoalari 2013 yilgi O`zbekiston Kubogidagi ishtiroklarini chorak final bosqichidan boshlaydi. Qayd etish joiz, «Paxtakor» va «Bunyodkor» jamoalari qur`a natijasiga ko`ra musobaqa jadvalida (setkasi)da «A» yoki «V» o`rinni egallaydi.

Musobaqa 24 kuni birinchi bosqich o`yinlari bilan start oladi, 5-6 aprel kunlari esa 1/16 final o`yinlari o`tkaziladi. Dastlabki saralash bosqichi va 1/16 final g`oliblari bir o`yin natijasiga ko`ra aniqlanadi. Nimchorak, chorak va yarim final bosqichlarida jamoalar ikkitadan o`yin o`tkazishadi.

Qayd etish joiz, Birinchi Liga jamoalari ro`yxati o`tgan yilgi Birinchilik, o`tish turniri, shuningdek, Ikkinchi Liga jamoalari o`rtasidagi ikkinchi bosqich o`yinlari natijalariga ko`ra tuzildi. Bundan tashqari, ro`yxatga «Istiqlol» (Toshkent) va «Orol» (Nukus) jamoalari ham kiritilgan.

O`zbekiston Kubogi-2013
Saralash bosqichi.
24 mart, yakshanba

«Mash`al» (Muborak) – «Spartak» (Buxoro)
«Xiva» (Xiva) – «Buxoro-2» (Buxoro)
«G`allakor-Avtomobilchi» (G`allaorol) – «Alanga» (Koson)
«Paxtakor-2-Chilonzor» (Toshkent) – «Lokomotiv-BFK» (Toshkent)
«Qo`qon-1912» (Qo`qon) – «Neftchi» (Tinchlik)
«Xotira-79» (Namangan viloyati) – «Andijon» (Andijon)
«Registon» (Samarqand) – «Zomin» (Zomin)
«Orol» (Nukus) – «Xorazm» (Urganch)
«Zarafshon-PFK» (Navoiy) – «Sherdor-Presstij» (Samarqand)
«Istiqlol» (Toshkent) – «Yangier» (Yangier)
«NBU-Osiyo» (Toshkent) – «Oqtepa» (Toshkent)
«Kosonsoy» (Kosonsoy) – «Chust-Paxtakor» (Chust)

1/16 final bosqichi
5-6 aprel (juma-shanba)

«Mash`al» (Muborak) / «Spartak» (Buxoro) – «Buxoro» (Buxoro)
«Xiva» (Xiva) / «Buxoro-2» (Buxoro) – «Navbahor» (Namangan)
«G`allakor-Avtomobilchi» (G`allaorol) / «Alanga» (Koson) – «Qizilqum» (Zarafshon)
«Paxtakor-2-Chilonzor» (Toshkent) / «Lokomotiv-BFK» (Toshkent) – «Metallurg» (Bekobod)
«Qo`qon-1912» (Qo`qon) / «Neftchi» (Tinchlik) – «So`g`diyona» (Jizzax)
«Xotira-79» (Namangan viloyati) / «Andijon» (Andijon) – «Lokomotiv» (Toshkent)
«Registon» (Samarqand) / «Zomin» (Zomin) – «Nasaf» (Qarshi)
«Orol» (Nukus) / «Xorazm» (Urganch) – «Sho`rtan» (G`uzor)
«Zarafshon-PFK» (Navoiy) / «Sherdor-Presstij» (Samarqand) – «Neftchi» (Farg`ona)
«Istiqlol» (Toshkent) / «Yangier» (Yangier) – «Dinamo» (Samarqand)
«NBU-Osiyo» (Toshkent) / «Oqtepa» (Toshkent) – «Guliston» (Guliston)
«Kosonsoy» (Kosonsoy) / «Chust-Paxtakor» (Chust) – «Olmaliq» (Olmaliq)

Musobaqaga chorak final bosqichidan qo`shiladigan «Bunyodkor» va «Paxtakor» klublari, mos ravishda, A va V o`rinlarni egallashdi. «Bunyodkor» musobaqa jadvali (setkasi)ning yuqori qismidan joy olgan bo`lsa, «Paxtakor» quyi qismidan joy oldi.

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib