2013 yilgi Oliy Liga 1-tur uchrashuvi sanasi va joyiga o`zgartirish kiritildi.
Texnik sabablarga ko`ra, Jizzaxning «So`g`diyona» va Toshkentning «Bunyodkor» jamoalari o`rtasidagi Oliy Liga-2013 1-tur uchrashuvi Toshkentga ko`chirildi. O`yin 4 mart kuni Toshkentdagi «Jar» stadionida o`tkaziladi.
Shu munosabat bilan, 4 mart kuni Toshkentda ikkita o`yin o`tkaziladi. Shu sabab, «Bunyodkor» – «So`g`diyona» uchrashuvi 14:00da o`tkazilsa, «Lokomotiv» – «Buxoro» uchrashuvi 16:00da boshlanadi.
«So`g`diyona» va «Bunyodkor» o`rtasidagi ikkinchi davra o`yini Jizzaxda o`tkaziladi.
Eslatib o`tamiz, 2013 yilgi Oliy Liga bahslari 2 mart kuni start oladi.