27 fevral kuni 2013 yilgi O`zbekiston Kubogi va Birinchiligiga qur`a tashlanadi

22.02.2013

27 fevral kuni 2013 yilgi O`zbekiston Kubogi va Birinchiligiga qur`a tashlanadi

27 fevral kuni 2013 yilgi O`zbekiston Kubogi va O`zbekiston Birinchiligi bahslariga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi.

Qayd etish joiz, O`zbekiston Kubogining o`tkazilish formatida bir qator o`zgarishlar yuz berdi. Bu yilgi musobaqa quyidagi tartibda o`tadi:

Birinchi bosqich – saralash. Joriy yilning mart oyida Birinchi Liga jamoalari orasidan 1/16 final bosqichida ishtirok etadigan klublarni aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Raqiblar qur`a asosida aniqlanadi. Bosqich bitta o`yindan iborat bo`ladi. Musobaqa jadvali (setkasi) bo`yicha yuqoriroq turgan jamoa «maydon egasi»ga aylanadi.

Ikkinchi bosqich. 1/16 final. Unda saralash bosqichida g`olib chiqqan Birinchi Liga jamoalari va Oliy Liga klublari ishtirok etadi hamda ular, qur`a asosida, musobaqa jadvali (setkasi)dagi 1Vdan to 12Vgacha bo`lgan raqamlarga bo`lib chiqiladi. Ayni vaqtda, 2012 yilgi O`zbekiston Chempionati bahslarida mos ravishda 3- va 4-o`rinni egallagan «Lokomotiv» va «Nasaf» jamoalari faqat 6V va 7V raqamlari uchun qur`ada qatnashadi.

2013 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi ishtirokchilari – 2012 yilgi O`zbekiston chempioni «Paxtakor» va 2012 yilgi O`zbekiston Kubogi sohibi «Bunyodkor» jamoalari 2013 yilgi O`zbekiston Kubogidagi ishtiroklarini chorak final bosqichidan boshlaydi. Qayd etish joiz, «Paxtakor» va «Bunyodkor» jamoalari qur`a natijasiga ko`ra musobaqa jadvalida (setkasi)da «A» yoki «V» o`rinni egallaydi.

Ikkinchi bosqich o`yinlari bir o`yindan iborat bo`ladi va musobaqa jadvali (setkasi)da yuqori turgan jamoa maydonida, ya`ni, Birinchi Liga jamoalar maydonida o`tkaziladi.

2013 yilgi O`zbekiston Birinchiligi birinchi bosqichi bahslari avvalgi formatda o`tkaziladi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib