«Olmaliq» – PFL Kubogi-2013 g`olibi!

18.02.2013

«Olmaliq» – PFL Kubogi-2013 g`olibi!

2013 yilgi PFL Kubogi bahslari yakuniga etdi. Musobaqaning hal qiluvchi o`yinida Olmaliqning «Olmaliq» va Toshkentning «Paxtakor-2» jamoalari to`qnash kelishdi.

18 fevral kuni O`FF sun`iy qoplamali maydonida PFL Kubogi-2013 final uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda Oliy Liga vakili, Olmaliqning «Olmaliq» klubi Toshkentning «Paxtakor-2» jamoasini yirik – 3:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib, musobaqa g`olibiga aylandi.

Qayd etish joiz, «Olmaliq» musobaqaning guruh bosqichida ham «Paxtakor-2»ni mag`lubiyatga uchratgan edi. Umuman, Igor Shkvirin shogirdlari guruh bosqichida, «Paxtakor-2»dan tashqari, «Guliston», «Qizilqum» va «Lokomotiv» jamoalarini mag`lubiyatga uchratgan, yarim finalda esa «Andijon» darvozasiga beshta gol urgan edi.

Kubok PFL-2013. Final
«Olmaliq» (Olmaliq) «Paxtakor-2» (Toshkent) - 3:0. 127 tomoshabin.
Hakamlar:
O. Tolibjonov, R. Ilyosov, R. Serazetdinov, A. Asimov.
Nazoratchi: A. Abdullaev.
«Olmaliq»: M. Shamsiddinov, A. Rustamov, E. Gogol, D. Stanoevich, T. Kagirov (B. Yuldashev, 46), D. Abdurahmonov, Sh. Jo`raev (D. Turonov, 62), S. Shodmonov (F. Nurliboev, 61), M. Murodov (Z. Pirimov, 57), I. Petkovich (S. Shoaxmetov, o`yindan oldin), Sh. Erkinov (Z. Polvonov, 59).
«Paxtakor-2»: B. Ergashev, A. Sharipov, I. Abdullaev, L. Nazirov, A. Mamajonov, Sh. Turonov (I. G`ofurov, 73), A. Abdulxaqov, B. Iskandarov (A. Mansurov, 59), I. Ismoilov (A. Komilov, 65), B. Mirhaydarov (O. Xamidov, 65), O. Muxiddinov (I. Rogovanov, 57).
Gollar: M. Murodov (16), Sh. Erkinov (24, penalti), Z. Polvonov (90).
Ogohlantirishlar: A. Rustamov (8), D. Abdurahmonov (22), Sh. Jo`raev (52) - I. Abdullaev (11), A. Abdulxaqov (30).
Chetlatishlar: E. Gogol (11) - A. Sharipov (24).

cola
apex
mib
mib
mib
mib