15 fevral kuni PFL Kubogi-2013 yarim final o`yinlari bo`lib o`tdi.
Birinchi yarim final o`yini «Olmaliq» va «Andijon» jamoalari o`rtasida kechdi va sermahsul o`tgan o`yinda Toshkent viloyati klubi 5:2 hisobida g`alaba qozondi. «Mash`al» va «Paxtakor-2» jamoalari o`rtasidagi ikkinchi yarim final o`yinida bor-yo`g`i bitta gol urildi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida «Paxtakor-2» vakili Abdurahmon Abdulxaqov tomonidan urilgan gol o`yin taqdirini hal qildi.
Shunday qilib, 18 fevral kuni bo`lib o`tadigan PFL Kubogi-2013 final o`yinida «Olmaliq» va «Paxtakor-2» jamoalari o`zaro maydonga tushishadi.
PFL Kubogi-2013, yarim final uchrashuvi
15 fevral, juma
«MASh`AL» - «PAXTAKOR-2» 0: 1 (0:1). 63 tomoshabin.
HAKAMLAR: X. Ro`ziev, O. Abduvasilov, B. Bahromov, D. Pislegin.
INSPEKTOR: A. Klepikov.
«MASh`AL»: U. Yusupov, D. Vaniev, I. Shoyqulov (Sh. Fayziev, 46), A. Hotamov, R. A`zamov (A. Shodmonov, 46), M. G`ofurov, S. Rahmatullaev (B. Murtazoev, 63), Sh. Shaymanov, V. Klishin, D. Hasanov (X. Xolmurodov, 75), Z. Qo`ziboev (D. Umarxonov, 39).
«PAXTAKOR-2»: B. Ergashev, A. Mamajonov (D. Saidov, 46), M. Xolmuhamedov, A. Sharipov, I. Suyunov (A. Mansurov, 78), A. Abdulxaqov, B. Iskandarov (B. Doniyorov, 80), B. Mirhaydarov, I. Ismoilov, A. Rahimov (M. Muzaffarov, 79), O. Muhitdinov (X. Jakparov, 90+2).
GOL: A. Abdulxaqov (20).
OGOHLANTIRIShLAR: I. Shoyqulov (29), Sh. Fayziev (61), M. G`ofurov (75), D. Vaniev (81) – I. Suyunov (71), D. Saidov (85), A. Abdulxaqov (90+2).