15 fevral kuni PFL Kubogi-2013 yarim final o`yinlari bo`lib o`tdi. Kunning dastlabki o`yini «Olmaliq» va «Andijon» jamoalari o`rtasida bo`lib o`tdi.
O`yin gollarga boy bo`ldi. E`tiborli tomoni, uchrashuvning birinchi bo`limida jamoalar faqat bir martadan gol urishga muvaffaq bo`lishdi, biroq ikkinchi bo`limda muxlislar jami 5ta gol ko`rishdi.
«Olmaliq» birinchi bo`lib o`z darvozasidan gol o`tkazib yuborganiga qaramay, oxir-oqibat 5:2 hisobida g`alaba qozondi. Jamoaning yangi a`zolaridan biri – Shahboz Erkinov o`yin davomida xet-trikka erishdi.
Qayd etish joiz, «Olmaliq» 2009 yilgi PFL Kubogi g`olibi hisoblanadi.
PFL Kubogi-2013, yarim final uchrashuvi
15 fevral, juma
«OLMALIQ» - «ANDIJON» 5:2 (1:1). 50 tomoshabin.
HAKAMLAR: V. Tseytlin, R. Ilyosov, M. Saidqosimov, A. Ergashev.
NAZORATChI: R. Aytekov.
«OLMALIQ»: U. Xonimqulov, A. Isroilov (M. Abdullaev, 45), F. Nurliboev (E. Mamasoliev, 82), D. Stanoevich, B. Yuldashev, D. Abdurahmonov (Sh. Mirzaev, 74), I. Ergashev (D. Turopov, 45), S. Shoahmetov, I. Petkovich, Z. Pirimov (S. Hamroev, 82), Sh. Erkinov (Z. To`raev, 74).
«ANDIJON»: Yu. Tsoy (G. O`daev, 66), A. Qayumov (A. Abdullaev, 55), A. Rahmonov, D. Tursunov, I. Ibragimov, F. Hasanboev (A. Azizov, 84), B. G`oziev, V. Lyubinskiy (A. Jo`raboev, 45), D. Kraev (A. To`xtasinov, 68), B. Abdurahimov, A. Lupashko (A. Sidorov, 83).
GOLLAR: Sh. Erkinov (44, 55, 71), S. Shoahmetov (47), Sh. Mirzaev (78) – A. Rahmonov (42), A. Lupashko (56).
OGOHLANTIRIShLAR: B. Yuldashev (85) – D. Kraev (33), B. G`oziev (58), A. Lupashko (69).