PFL Kubogi-2013: Barcha yarim finalchilar aniqlandi

14.02.2013

PFL Kubogi-2013: Barcha yarim finalchilar aniqlandi

13 fevral kuni PFL Kubogi-2013 «V» guruhida so`nggi tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Guruh peshqadami «Mash`al» Jizzaxning «So`g`diyona» klubini yirik hisobda mag`lubiyatga uchratdi va 100 foizlik natija bilan guruh o`yinlarini yakunladi.

Guruhdagi ikkinchi o`yinda esa, «Andijon» murosasiz bahsda «Bunyodkor»ni mag`lubitga uchratdi - 3:2. Andijonliklar ushbu g`alabadan so`ng guruhda ikkinchi o`rinni egallashdi, hamda yarim final yo`llanmasini qo`lga kiritdi. Yarim final uchrashuvlari 15 fevral kuni O`FF sun`iy qoplamali maydonida o`tkaziladi.

5-tur. 13 fevral
«So`g`diyona» - «Mash`al» - 2:5. 51 tomoshabin.
Hakamlar: V. Najafaliev, B. Xonnazarov, B. Yulcharaev.
Gollar: A. Ollanazarov (55), X. Yo`ldoshev (85) – D. Umarhanov (39), A. Xotamov (50), V. Klishin (65, 85), Sh. Fayziev (76).
Ogohlantirishlar: O. Mamajonov («So`g`diyona», 52).

«Bunyodkor» - «Andijon» - 2:3. 25 tomoshabin.
Hakamlar: I. Xudoydotov, I. Abdulakov, B. Ro`zimatov, M. Muhamedov.
Gollar: S. Rixsiboev (4), A. Abdug`aniev (11) – A. To`xtasinov (7, penalti), A. Rahmonov (56, penalti), B. Abdurahimov (73, penalti).
Ogohlantirishlar: Z. Nurmatov (30), K. Kopadze (55) – D. Kraev (10), I. Ahmedov (81).
Chetlatish: K. Kopadze (ikkinchi ogohlantirish, 70) – I. Axmedov (ikkinchi ogohlantirish, 84).

Yakuniy turnir jadvali

1

«Mash`al» (Mubarak)

4

4

0

0

11-4

12

2

«Andijan» (Andijon)

4

2

1

1

7-7

7

3

«So`g`diyona» (Jizzax)

4

1

1

2

6-9

4

4

«Bunyodkor» (Toshkent)

4

1

0

3

8-7

3

5

«Lokomotiv-BFK» (Toshkent)

4

0

2

2

4-9

2

 

Yarim final juftliklari

«Olmaliq» - «Andijon»

«Mash`al» - «Paxtakor-2»

cola
apex
mib
mib
mib
mib