PFL Kubogi-2013: «Mash`al» uchinchi g`alabaga erishdi

11.02.2013

PFL Kubogi-2013: «Mash`al» uchinchi g`alabaga erishdi

11 fevral kuni PFL Kubogi-2013 «V» guruhi 4-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi.

Kunni «Andijon» va «So`g`diyona» o`rtasidagi o`yin ochib berdi. Qiziqarli kurashlarga boy bo`lgan o`yin 3:2 hisobida 2013 yilgi mavsumni Birinchi Ligada o`tkazadigan «Andijon» foydasiga hal bo`ldi.

Ikkinchi o`yinda «Mash`al» «Lokomotiv-BFK»ga qarshi maydonga tushdi. O`yin muboraklik futbolchilarning 2:1 hisobidagi irodali g`alabasi bilan yakuniga etdi. Qayd etish joiz, bu «Mash`al»ning musobaqadagi ketma-ket uchinchi g`alabasidir.

Guruh bosqichining so`nggi turida «So`g`diyona» «Mash`al»ga qarshi maydonga tushsa, «Bunyodkor» yoshlari «Andijon» imtihonida o`tishadi. O`yinlar 13 fevral, chorshanba kuni bo`lib o`tadi.

PFL Kubogi-2013, «V» guruhi, 4-tur uchrashuvlari
11 fevral, dushanba
«Andijon» - «So`g`diyona» - 3:2. 53 tomoshabin.
Hakamlar:
M. Muhammedov, R. Fozilov, B. Kannazarov.
Gollar: F. Hasanboev (76), D. Kraev (77), A. Jo`raboev (84) – E. Oripov (42), O. Mamajonov (81).
76-daqiqada A. Jo`raboev penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: A. To`xtasinov (33), A. Sidorov (36) – A. Melenchuk (75), I. Komilov (83).
Chetlatish: A. Begimqulov («So`g`diyona», 75).

«Mash`al» - «Lokomotiv-BFK» - 2:1. 35 tomoshabin.
Hakamlar:
S. Ivlev, D. Jalimov, D. Sarsenov, N. Boltaev.
Gollar: D. Ikromov (57, avtogol), B. Murtazoev (58) – D. Tolipov (33).
Ogohlantirishlar: Sh. Shaymanov (86) – D. Ishoqov (26), D. Karimov (57), B. Latipov (75).
Chetlatish: B. Latipov (ikkinchi ogohlantirish, 82).

4-TURDAN KEYINGI HOLAT
1
«Mash`al» (Muborak)
3
3
0
0
6-2
9
2
«So`g`diyona» (Jizzax)
3
1
1
1
4-4
4
3
«Andijon» (Andijon)
3
1
1
1
4-5
4
4
«Bunyodkor» (Toshkent)
3
1
0
2
6-4
3
5
«Lokomotiv-BFK» (Toshkent)
4
0
2
2
4-9
2
cola
apex
mib
mib
mib
mib