Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

07.02.2013

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

O`zPFL tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilish yakunida o`tgan mavsum so`ngida Oliy Liga, Yoshlar Birinchiligi hamda O`zbekiston Birinchiligi bahslarida qayd etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqardi.

Oliy Liga

Oliy Liganing 26-turida «Andijon»ga qarshi kechgan uchrashuvda qo`pol hatti harakati uchun maydondan chetlatilgan «Metallurg» futbolchisi Hikmat Hoshimov 2 uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

Yoshlar Birinchiligi

«Lokomotiv» klubiga qarshi kechgan 25-tur uchrashuvida raqibiga oyoq bilan bergan zarbasi uchun maydondan chetlatilgan Qarshining «Nasaf» klubi hujumchisi Sanjar Baratov 2 uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«Neftchi» jamoasiga qarshi 26-tur o`yinida uchrashuv bosh hakami sha`niga no`maqul so`zlarni ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan «Olmaliq» klubi yarim himoyachisi Suhrob Berdiev 3 uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

O`zbekiston Birinchiligi

«So`g`diyona»ga qarshi kechgan O`zbekiston Birinchiligi 2-bosqich 15-tur uchrashuvida raqibiga oyoq bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Yangier» himoyachisi Islombek Hamidov 2 uchrashuvga diskvalifikatsiya qiliindi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib