7 fevral kuni PFL Kubogi-2013 musobaqasining «V» guruhida 2-tur uchrashuvlariga start berildi.
Muborakning «Mash`al» klubi qatorasiga ikkinchi uchrashuvda g`alaba qozonib, guruhda peshqadamga aylanib oldi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida esa tomonlar murosa ko`chasini tanlashdi.
«V» Guruhi
2-tur. 7 fevral
«Mash`al» - «Bunedkor» - 2:1. 50 tomoshabin.
Hakamlar: V. Agishev, F. Do`smatov, S. Sattorov, I. Garmashov.
Gollar: D. Vaniev (28), I. Abdiev (60) – T. Ayupov (58, penalti).
Ogohlantirishlar: I. Shoyqulov (33), D. Hasanov (69) – K. Kopadze (53).
«Lokomotiv-BFK» - «So`g`diyona» - 1:1. 68 tomoshabin.
Hakamlar: A. Kenjaev, R. Mahmudov, S. Hakimov, S. Zaylobiddinov.
Gollar: A. Ne`matullaev (78) – X. Yo`ldoshev (37).
Ogohlantirishlar: Mirzaboev (28), A. Qurboanaliev (70), S. Shvirev (75) – S. Rashidov (64).