5 fevral kuni PFL Kubogi-2013 «V» guruhi 1-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi.
Guruh o`yinlarini 2012 yilgi mavsum yakuniga ko`ra, Oliy Ligani tark etgan jamoalar – «Andijon» va «Mash`al» o`rtasidagi o`yin ochib berdi. «Chilonzor» sun`iy qoplamali maydonida bo`lib o`tgan bahsda Azamat Abduraimov shogirdlari darvozasiga javobsiz ikkita gol urgan muborakliklar g`alaba qozonishdi.
«Bunyodkor» yoshlari hamda «Lokomotiv-BFK» o`rtasidagi bahs yosh «qaldirg`ochlar»ning katta ustunligi bilan yakuniga etdi. O`yinda «Bunyodkor» 5:1 hisobida g`alaba qozondi.
Musobaqa 4 fevral kuni, «A» guruhi o`yinlari bilan start olgan bo`lib, 6 fevral kuni bu guruh doirasidagi navbatdagi o`yinlar bo`lib o`tadi. Jumladan, «Paxtakor-2» «Olmaliq»ga qarshi maydonga tushsa, «Lokomotiv» yoshlari «Guliston» bilan bahs olib boradi.
«V» guruhi
«Andijon» (Andijon)
«Mash`al» (Muborak)
«Lokomotiv-BFK» (Toshkent)
«So`g`diyona» (Jizzax) «Bunyodkor» (Toshkent)
PFL Kubogi-2013, «V» guruhi, 1-tur uchrashuvlari
5 fevral, seshanba
«Bunyodkor» - «Lokomotiv-BFK» - 5:1. 54 tomoshabin.
Hakamlar: S. Zaylobidinov, S. Sattorov, A. Isamutdinov, Sh. Ro`ziqulov.
Gollar: Z. O`rinbaev (14), S. Rixsiboev (18, 50), T. Ayubov (31), Sh. Musaev (69) – Sh. Ishoqov (15).
Ogohlantirishlar: Z. Nurmatov (24), Z. O`rinboev (38), A. Komiljonov (28).
«Andijon» - «Mash`al» - 0:2.
Hakamlar: N. Meshkov, D. Saylalov, R. Mahmudov, B. Namozov.
Gollar: X. Xolmuradov (60), X. Suyunov (82).
Ogohlantirishlar: O. Drajjuk (25), I. Ibragimov (42) – Sh. Shaymanov (16), M. G`ofurov (42), I. Shoyqulov (44), E. Ergashev (52), A. Hotamov (71), S. Rahmatullaev (77).
Chetlatishlar: I. Ibragimov (ikkinchi ogohlantirish, 53) – I. Toshpo`latov (87).