«Olmaliq» Bekobod klubini yirik hisobda mag`lub etdi

30.01.2013

«Olmaliq» Bekobod klubini yirik hisobda mag`lub etdi

29 yanvar kuni «Olmaliq» Bekobodning «Metallurg» jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu haqda «Olmaliq» rasmiy sayti xabar bermoqda.

O`yin 4:1 hisobida «Olmaliq» foydasiga hal bo`ldi. «Olmaliq»ning gollari Sharif Mirzaev, Mo`ydin Mamazulumov, Ma`ruf Murodov va Isroil Ergashev hisobiga yozilgan bo`lsa, «Metallurg»nin yagona javob goli Ruslan Vagapov tomonidan urildi.

«Metallurg» qarshi o`yin bilan «Olmaliq» Toshkentdagi o`quv-mashg`ulot yig`inlarini yakunladi. Jamoada ko`rikda bo`lgan Viktor Mochalov, Baxtiyor Turg`unboev va Isroil Tursunovga javob berildi, Abdurazzoq Jo`raev esa transferga qo`yilgan.

«Jamoa a`zolariga ikki kunlik dam berildi. 1 fevraldan jamoa yig`inni yana Toshkentda davom ettiradi. «Olmaliq» bu yil ham PFL kubogida ishtirok etishni rejalashtirgan», - deb yozadi «Olmaliq» rasmiy sayti.

Nazorat uchrashuvi
29 yanvar, seshanba
«OLMALIQ» (Olmaliq) – «METALLURG» (Bekobod) 4:1
GOLLAR:
Sharif Mirzaev, Mo`ydin Mamazulumov, Ma`ruf Murodov, Isroil Ergashev – Ruslan Vagapov.
«OLMALIQ» (1-taym): Umid Xonimqulov (Roman Abdulov), Azamat Isroilov, Gradimir Tsrnogorats, Evgeniy Gogol, Ma`mur Abdullaev (Aziz Mansurov), Sherali Jo`raev (Diyor Turopov), Zafar To`raev, Igor Petkovich, Samandar Shodmonov, Zohir Pirimov, Zafar Polvonov (Aleksandr Lupashko).
«Olmaliq» (2-taym): Jasur Tursunboev (Nikita Shkvirin), Doniyor Fozilov, Siroj Hamroev, Shamil Valiev, Aziz Mansurov (Ma`ruf Murodov), Isroil Ergashev, Sanjar Shoahmedov, Doston Abdurahmonov, Sardor Sotvoldiev (Suxrob Berdiev), Baxtiyor Shokirov (Sharif Mirzaev), Mo`ydin Mamazulumov (Aleksandr Lupashko).
«METALLURG» (1-taym): Suhrob Sultonov, Davron Karimqulov, Umid Tojimov, Doniyor Odilov, Odil Isaboev, Dilmurod Karimov, Shuhrat Yuldashev, Sunnatilla Mamadaliev, Mirg`iyos Sulaymonov, Shohnazar Norbekov, Sardor Rasulov.
«Metallurg» (2-taym): Rahim Rahmonberdiev, Aleksandr Kovalyov, Abduvali Mo`minov, Doniyor Usmonov, Umid Tojimov, Nozim Esonov, Murod To`ychiboev, Sunnatilla Mamadaliev (Jasur Ahmedov), Alisher Ziyovutdinov, Ruslan Vagapov, Mirto`ra Akbarov.

cola
apex
mib
mib
mib
mib