Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) XXI asrdagi Osiyoning eng kuchli klublari reytingini tuzib chiqdi. E`tiborli tomoni, qit`aning eng kuchli uch jamoasi orasida 2012 yilgi O`zbekiston chempioni «Paxtakor» ham bor.
Osiyoning joriy asrdagi eng kuchli 300 klubi reytingi jamoalarning ichki va xalqaro musobaqalardagi ishtiroki, ko`rsatgan natijalariga asosan tuzib chiqilgan. Qit`aning 300 klubi orasida 2013 yilgi Oliy liga bahslarida ishtirok etadigan 14 jamoadan 13tasi kirgan. Jumladan, «Paxtakor» 3, «Bunyodkor», 34, «Neftchi» 36, «Nasaf» 38, «Navbahor» 152-o`rinni egallagan.
158-o`rinda Zarafshonning «Qizilqum», 170-o`rinda Samarqandning «Dinamo», 177-o`rinda «Buxoro», 180-o`rinda G`uzorning «Sho`rtan», 192-o`rinda Bekobodning «Metallurg», 212-o`rinda Toshkentning «Lokomotiv», 295-o`rinda «Olmaliq», 296-o`rinda Jizzaxning «So`g`diyona» jamoalari joy olgan.
Umumiy ro`yxatda 103-o`rinni band etgan Muborakning «Mash`al» hamda 190-o`rinni egallagan «Andijon» jamoalari 2013 yilgi mavsumda O`zbekiston Birinchiligi bahslarida ishtirok etsa, 300 jamoa orasida 267-o`rinni band etgan Toshkentning «Traktor» jamoasi, moliyaviy muammolar sabab, 2008 yil tarqatib yuborilgan edi.
Reytingning top-10taligi va O`zbekiston klublari ko`rsatkichlari quyidagicha:
1. Al-Hilol (Saudiya Arabistoni) – 1.040,5
2. Al-Ittihod (Saudiya Arabistoni) – 980,0
3. Paxtakor (O`zbekiston) – 943,0
4. Suvon Samsung (Janubiy Koreya) – 934,5
5. Gamba Osaka (Yaponiya) – 923,5
6. Kashima Antlers (Yaponiya) – 912,5
7. Seongnam (Janubiy Koreya) – 901,5
8. Sepahon (Eron) – 896,0
9. Chonbuk Motors (Janubiy Koreya) – 867,0
10. Kuvayt SK (Kuvayt) – 825,0
--------------------------------------------------------------
34. Bunyodkor (Toshkent) – 618,0
36. Neftchi (Farg`ona) – 603,5
38. Nasaf (Qarshi) – 577,5
103. Mash`al (Muborak) – 361,5
152. Navbahor (Namangan) – 296,0
158. Qizilqum (Zarafshon) – 287,5
170. Dinamo (Samarqand) – 273,0
177. Buxoro (Buxoro) – 256,0
180.Sho`rtan (G`uzor) – 255,0
190. Andijon (Andijon) – 244,5
192. Metallurg (Bekobod) – 241,0 212. Lokomotiv (Toshkent) – 218,0 267. Traktor (Toshkent) – 162,0 295. Olmaliq (Olmaliq) – 136,5 296. So`g`diyona (Jizzax) – 136,5