2013 yilgi PFL Kubogi bahslari 4 fevral kuni start oladi.
Har yili an`anaviy tarzda fevral oyining birinchi yarmida tashkil etiladigan PFL Kubogi bahslari bu yil 4-16 fevral kunlari bo`lib o`tadi. Musobaqada ishtirok etuvchi jamoalarning yanvar oyining oxiri – fevral oyining boshida ma`lum bo`ladi.
Eslatib o`tamiz, 2012 yilgi PFL Kubogi bahslarida Jizzaxning «So`g`diyona» jamoasi g`olib chiqqan edi.