25 dekabr kuni Oliy Liga klublari vakillari ishtirokida bo`lib o`tgan yig`ilishda, O`ZPFL bosh direktori Farxod Magometov O`zbekiston chempionati-2012 yakunlari haqida ma`lumot berdi.
O`zbekiston Chempionati-2012 yakunlari
O`zbekiston chempionati-2012 o`yinlari 15 martdan 21 noyabrga qadar davom etdi.
Ishtirokchilar soni - 14
Jami o`yinlar soni - 182
Kiritilgan barcha gollar soni - 460 (2011 yilgi mavumdagi ko`rsatkich - 450)
Eng sermahsul tur - 26 (30 gol)
Eng kam gol kiritilgan tur - 1 (9)
Eng sermahsul o`yinlar - «Sho`rtan» - «Andijon» - 6:1 (16 tur), «Metallurg» - «Olmaliq» - 4:3 (18 tur), «Andijon» - «Nasaf» - 3:4 (22 tur), «Andijon» – «Metallurg» - 4:3 (26 tur).
O`zbekiston chempionati-2012 o`yinlariga tashrif buyurgan tomoshabinlarning jami soni - 985 640 tomoshabin.
Birinchi davra: 546571
Ikkinchi davra: 439069
Jami: 985 640
Eng ko`p tomoshabin – «Buxoro» - «Paxtakor» - 0:1 (1 tur) – 22065 tomoshabin.
Eng kam tomoshabin – «Qizilqum» - «Navbahor» - 1:1 (26 tur) – 127 tomoshabin.
Toshkentning «Paxtakor» jamoasi o`z tarixida 9-marotaba chempionat oltin medallarni qo`lga kiritdi. (Jamoa bosh murabbiylari: Deyan Jurjevich, Serbiya, iyungacha. Murod Ismoilov - iyun oyidan). «Paxtakor» O`zbekiston Chempionati-2012da 59 ochko to`pladi.
Kumush medal - «Bunyodkor» (Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov) - 57 ochko
Bronza medal - «Lokomotiv» (Bosh murabbiy: Ravshan Muqimov) - 49 ochko
O`zbkiston Kubogi-2012 - «Bunyodkor» (O`z tarixida uchinchi marotaba)
«Mash`al» (13 o`rin, 23 ochko) va «Andijon» (14 o`rin, 18 ochko) - Mavsum yakuniga ko`ra Oliy Ligani tark etishdi.
O`zbekiston Chempionati-2012 to`purari: Anvar Berdiev - («Neftchi») - 19 gol.
Igor Taran («Sho`rtan») - 14 gol, Temurxo`ja Abduxoliqov («Paxtakor») - 13, Vladimir Shishelov («Andijon», «Nasaf») - 13.
Legionerlar: O`zbekiston chempionati-2012 da 20ta mamlakatdan 57ta legioner futbolchi to`p surdi.
Serbiya (7 futbolchi), Gruziya, Turkmaniston, Ukraina (6 futbolchi)
«Neftchi» huddi o`tgan mavsum singari legioner futbolchilarsiz to`p surgan yagona jamoa bo`ldi.
O`zbekiston chempionati-2012 davomida 6ta murabbiy o`z lavozimidan bo`shatildi.
«Nasaf» (mavsum davomida ikki marotaba bosh murabbiyini o`zgartirdi)
«Buxoro»
«Paxtakor»
«Mash`al»
«Shurtan»
«Andijon»
4 jamoa OChL-2012 bahslarida ishtirok etdi
«Bunyodkor» - 1/2 final
«Paxtakor» - Guruh bosqichi
«Nasaf» - Guruh bosqichi
«Neftchi» - pley-off bahslaridan o`ta olmadi
OFK Kubogi-2012
«Neftchi» - 1/8 final
Yoshlar Birinchiligi-2012 g`olibi - «Paxtakor»