Oliy Liga jamoalari qisqa muddatlik tanaffusdan so`ng yana mashg`ulotlarga kirishdilar.
20 dekabr kuni ta`tildan chiqib o`z mashg`ulotlarini boshlagan «Neftchi», «So`g`diyona», «Lokomotiv», «Paxtakor», «Nasaf», «Olmaliq», «Navbahor» jamoalari safiga «Bunyodkor» hamda «Guliston» jamoalari ham qo`shildi.
21 dekabr kuni O`zbekiston Kubogi-2012 sohibi Toshkentning «Bunyodkor» hamda Oliy Liga debyutanti «Guliston» klublari yangi mavsum oldidan dastlabki yig`inini boshlashdi.