Qisqa muddatli tanaffusdan keyin, bir qator Oliy Liga klublari O`zbekiston Chempionati-2013 bahslariga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.
Jumladan, Farg`onaning «Neftchi» klubi 10 dekabr kuni ilk o`quv-mashg`ulot yig`inini o`tkazgan bo`lsa, huddi shu kuni Oliy Liga debyutanti Jizzaxning «So`g`diyona klubi ham, yangi mavsum oldidan ilk mashg`ulotlarini o`tkazdi.
17 dekabr kuni esa, OChL-2013 bahslarida ishtirok etishi kutilayotgan Toshkentning «Lokomotiv» klubi ham o`quv-mashg`ulot yig`inini boshladi.