Ro`ziqul Berdiev: «Himoyadagi xatolar mag`lubiyatga olib keldi»

30.11.2012

Ro`ziqul Berdiev: «Himoyadagi xatolar mag`lubiyatga olib keldi»

«Nasaf» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ro`ziqul Berdievning so`zlariga ko`ra, O`zbekiston Kubogi finalida himoyada yo`l qo`yilgan xatolar jamoasiga qimmatga tushganini tan oldi.

30 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida «Bunyodkor» va «Nasaf» jamoalari o`rtasida 2012 yilgi O`zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo`lib o`tdi. O`yin 3:0 hisobida «Bunyodkor» g`alabasi bilan yakuniga etdi; «Nasaf» ketma-ket ikkinchi yil O`zbekiston Kubogi finalida mag`lubiyatga uchradi.

«Bunyodkor»ni g`alaba bilan tabriklayman», - dedi Ro`ziqul Berdiev.

«Asosiy himoyachilarimizning tarkibda emasligi sabab, bugun yarim himoyachilarni ham himoya chizig`ida o`ynatishga to`g`ri keldi. Bugun ixtiyorimda faqat uchta himoyachi bor edi, xolos. Bugun darvozabonning ishonchsiz va himoyachilarning juda himoyachisiz o`yini sabab mag`lubiyatga uchradik», - dedi Ro`ziqul Berdiev.

«Shavkat Raimqulov jamoamizning asosiy tarkib o`yinchisi hisoblanmaydi. Biroq bugun boshqa himoyachilar safda bo`lmaganligi sabab, Shavkatni maydonga tushirishga majbur bo`ldim. U chempionat o`yinlarida ham asosiy tarkibda kamdan-kam maydonga tushardi. O`yin amaliyotining etarli darajada emasligi sabab, Raimqulov ko`plab vaziyatlarda xatoliklarga yo`l qo`ydi. Biroq, shuni ta`kidlamoqchimanki, bugungi mag`lubiyat bir kishining xatosi emas», - dedi «Nasaf» ustozi.

«Hozirgi reja bo`yicha, jamoa 20 dekabrga qadar ta`tilga chiqadi. Tarkibimizdagi yosh o`yinchilar haqida to`xtaladigan bo`lsam, Shohruh Gadoev va u kabi boshqa boshqa yosh iqtidorli futbolchilarga bundan keyin ham imkoniyat berishda davom etamiz», - deya qo`shimcha qildi «Nasaf» bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev.

cola
apex
mib
mib
mib
mib