PFL bosh direktori OFK qo`mita yig`ilishida ishtirok etdi

29.11.2012

PFL bosh direktori OFK qo`mita yig`ilishida ishtirok etdi

O`zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori Farxod Magometov Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo`lib o`tgan OFK Professional Ligalar bo`yicha qo`mita yig`ilishida ishtirok etib qaytdi. Mazkur qo`mita yig`ilishi 26 noyabr kuni bo`lib o`tdi.

OFK qo`mita yig`ilishida 2012 yil davomida o`tkazilgan nazorat komissiyasining yakuniy xulosalari bo`yicha qizg`in muhokama bo`lib o`tdi. Shuningdek, qo`mita yig`ilishi davmomida OFK tomonidan OChL o`yinlariga beriladigan o`rinlar masalasi ko`rib chiqildi. Avvaliga O`zbekiston uchun OFK tomonidan 1+1 ko`rinishidagi o`rin ajratilishi belgilab olingan edi. Ammo, bu masala keyinchalik qayta ko`rib chiqildi va O`zbekistonga kelasi mavsum OChL uchun 2+1 (Sharqiy zonaga 1 qo`shimcha o`rin) ko`rinishida o`rin ajratildi.

Shunday qilib, O`zbekiston kelasi mavsumda OChLda 3 jamoa bilan ishtirok etadigan bo`ldi. OFK kubogi bahslarida kelasi mavsum O`zbekiston jamoalari ishtirok etishmaydi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib