Toshkentning «Bunyodkor» hamda «Nasaf» jamoalari o`rtasidagi O`zbekiston Kubogi-2012 final uchrashuvini Ravshan Ermatov boshqaradigan bo`ldi.
Qayd etib o`tish lozim, Ermatov bu yilgi finalni ham qo`shib hisoblaganda ketma-ket uchinchi marotaba O`zbekiston Kubogi finalini boshqarib boradi.
O`zbekiston Kubogi. Final
30 noyabr (Juma)
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), Sh. Po`latov (Toshkent).
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).