Kubok-2012 finalida «Bunyodkor» oq, «Nasaf» ko`k libosda o`ynaydi

27.11.2012

Kubok-2012 finalida «Bunyodkor» oq, «Nasaf» ko`k libosda o`ynaydi

27 noyabr kuni 2012 yilgi O`zbekiston Kubogi finaliga bag`ishlangan majlis bo`lib o`tdi. Unda bir qator masalalar ko`rib chiqildi.

2012 yilgi O`zbekiston Kubogi finaliga Toshkentning «Bunyodkor» va Qarshining «Nasaf» jamoalari yo`l olgan. Majlisda «Bunyodkor» klubi bo`lajak final o`yini mezboni etib belgilandi.

Final uchrashuvida Toshkent klubi oq libosda maydonga chiqsa, «Nasaf» futbolchilari ko`k rangli futbolkalarda harakat qilishadi.

Finaldan oldingi matbuot anjumani 29 noyabr kuni bo`lib o`tadi. 11:00da «Nasaf» bosh murabbiyi va jamoa futbolchisi O`FF anjumanlar zalida jurnalistlar savollariga javob bersa, 11:30da «Bunyodkor» vakillari bilan matbuot anjumani o`tkaziladi.

Eslatib o`tamiz, 2012 yilgi O`zbekiston Kubogi final uchrashuvi 30 noyabr, juma kuni «Paxtakor» stadionida o`tkaziladi. O`yin Toshkent vaqti bilan 15:00da boshlanadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib