O`zbekiston Kubogi finalida «Bunyodkor» va «Nasaf» o`ynaydi

25.11.2012

O`zbekiston Kubogi finalida «Bunyodkor» va «Nasaf» o`ynaydi

2012 yilgi O`zbekiston Kubogi finalida Toshkentning «Bunyodkor» hamda Qarshining «Nasaf» jamoalari bahs olib borishadi.

25 noyabr kuni 2012 yilgi O`zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvlari bo`lib o`tdi. 2011 yilgi Kubok bahslarida g`olib chiqqan «Paxtakor» o`z maydonida «Bunyodkor»ga 1:3 (ikki o`yin natijasiga ko`ra – 2:4) hisobida imkoniyatni boy bergan bo`lsa, 2011 yilgi Kubok finalchisi – «Nasaf» Qarshida bo`lib o`tgan dastlabki o`yindagi g`alaba hisobiga ketma-ket ikkinchi marta O`zbekiston Kubogi finaliga yo`l oldi.

Buxoroda bo`lib o`tgan «Buxoro» va «Nasaf» jamoalari o`rtasidagi O`zbekiston Kubogi yarim final javob o`yini gollarga boy bo`ldi. 3:3 hisobida yakuniga etgan o`yin davomida Tachmurad Agamuradov qo`l ostidagi buxorolik futbolchilar uch marta hisobda oldinga chiqib olishdi. Biroq qashqadaryolik futbolchilar, oxir-oqibat, o`yinni durang natija bilan yakunlash uddasidan chiqishdi.

2012 yilgi O`zbekiston Kubogi final uchrashuvi 30 noyabr, juma kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo`lib o`tadi.

O`zbekiston Kubogi, yarim final, javob uchrashuvlari
25 noyabr, yakshanba
«Paxtakor» (Toshkent) – «Bunyodkor» (Toshkent) 1:3 (0:0)
Gollar:
Temurxo`ja Abduxoliqov (73) – Akmal Shorahmedov (53), Shavkat Salomov (55, 78).
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Asimov (Toshkent).
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).
Dastlabki uchrashuv – 1:1.

«Buxoro» (Buxoro) – «Nasaf» (Qarshi) 3:3 (1:1)
Gollar:
Shahzod Sulaymonov (40, 65), Bahriddin Vahobov (47) – Maqsud Karimov (45), Kenja To`raev (61), Suhrob Ne`matov (90, penalti).
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Mironov (Toshkent), I. Tantashev (Buxoro).
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Birinchi uchrashuv – 0:2.

Final
30 noyabr, juma

«Bunyodkor» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi)

cola
apex
mib
mib
mib
mib