25 noyabr kuni O`zbekiston Kubogi-2012 yarim final javob uchrashuvi - «Paxtakor» hamda «Bunyodkor» jamoalari o`rtasidagi o`yin bo`lib o`tdi. «Paxtakor» maydonida 3:1 hisobida g`alaba qozongan «Bunyodkor» O`zbekiston Kubogi-2012ning dastlabki finalchisiga aylandi.
Uchrashuvning birinchi bo`limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo`lim boshlarida esa, «Bunyodkor» ikki daqiqa oralig`ida A. Shoraxmedov hamda Shavkat Salomovlarning gollari evaziga hisobda oldinga chiqib oldi - 0:2.
Zahiradan maydonga tushirilgan Temurxo`ja Abduholiqov 73-daqiqada oradagi farqni bittaga qisqartirgan bo`lsa, oradan ko`p o`tmay Shavkat Salomov o`z dubli bilan uchrashuvga yakuniy nuqtani qo`ydi - 1:3.
Safarda g`alaba nashidasini surgan Toshkentning «Bunyodkor» klubi O`zbkiston Kubogining dastlabki finalchisiga aylandi. O`zbekiston kubogi-2012 ikkinchi finalchi nomi «Buxoro» va «Nasaf» jamoalari o`rtasidagi javob uchrashuvidan so`ng ma`lum bo`ladi. Mazkur jamoalarning ilk uchrashuvida «Nasaf» o`z maydonida 2:0 hisobida g`alaba qozonganini qayd etib o`tish lozim.
O`zbekiston kubogi-2012 final bahsi 30 noyabr kuni «Paxtakor» markaziy stadionida bo`lib o`tadi.
26 noyabr (Yakshanba)
O`zbekiston Kubogi-2012. Yarim final javob uchrashuvi
«Paxtakor» (Toshkent) – «Bunyodkor» (Toshkent) - 1:3
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Asimov (Toshkent).
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).
Gollar: T. Abduholiqov (73) - A. Shorahmedov (53), Sh. Salomov (55, 78)
Birinchi uchrashuv – 1:1.