25 noyabr kuni 2012 yilgi O`zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
«Paxtakor» hamda «Bunyodkor» o`rtasidagi o`yinni Ravshan Ermatov boshqarib borsa, «Buxoro» – «Nasaf» o`yini Olim Tolibjonovga ishonib topshirilgan.
Eslatib o`tamiz, «Paxtakor» va «Bunyodkor» o`rtasida «Jar» stadionida bo`lib o`tgan dastlabki o`yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etgan bo`lsa, Qarshida o`tkazilgan birinchi o`yinda «Nasaf» «Buxoro»ni 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan edi.
O`zbekiston Kubogi-2012, yarim final, javob uchrashuvlari
25 noyabr, yakshanba
«Buxoro» (Buxoro) – «Nasaf» (Qarshi)
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Mironov (Toshkent), I. Tantashev (Buxoro).
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Birinchi uchrashuv – 0:2.
«Paxtakor» (Toshkent) – «Bunyodkor» (Toshkent)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Asimov (Toshkent).
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).
Birinchi uchrashuv – 1:1.