2012 yilgi O`zbekiston milliy chempionati bahslari yakuniga etdi. 21 noyabr kuni Oliy Liganing so`nggi – 26-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Avvalgi mavsumlardan farqli o`laroq, 2012 yili mamlakat chempioni nomi so`nggi turda ma`lum bo`ldi.
Toshkentning «Paxtakor» klubi 4 yillik tanaffusdan so`ng yana O`zbekiston chempioni unvonini qo`lga kiritdi. So`nggi turda «Buxoro»ni o`z maydonida qabul qilib, 4:1 hisobida g`alaba qozongan Murod Ismoilov shogirdlari, eng yaqin ta`qibchisi «Bunyodkor» bilan oradagi ikki ochkolik farqni saqlab qoldi. «Paxtakor» mavsumning ikkinchi yarmida faqat «Bunyodkor» va «Sho`rtan»ga qarshi o`z maydonida bo`lib o`tgan o`yinlarda durang o`ynadi, qolgan 11ta uchrashuvda esa faqat g`alaba nashidasini surdi. Jumladan, Toshkent klubi so`nggi 9ta uchrashuvda umuman ochko yo`qotmadi.
O`z tarixida ikkinchi marta Oliy Liga kumush medallariga chiqqan «Bunyodkor» ikkinchi davrada 12 ochko yo`qotdi. «Andijon», «Paxtakor» va «Nasaf»ga qarshi o`yinlarda Mirjalol Qosimov shogirdlari bor-yo`g`i bir ochkodan ishlay olgan bo`lsa, «Olmaliq» va «Lokomotiv»ga qarshi safar uchrashuvlarida imkoniyatni boy berdi. Vaholanki, aynan «Paxtakor»ga qarshi ikkinchi davra uchrashuvidan so`ng, o`sha vaqtda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilgan «Bunyodkor» mamlakat chempionligiga asosiy da`vogar sifatida e`tirof etilgandi.
Qayd etish joiz, bu «Paxtakor» tarixidagi 9-chempionlik bo`ldi. Bungacha toshkentliklar 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007 yilgi mavsumlarda ham shohsupaning eng yuqori pog`onasidan joy olishgandi.
2012 yilgi Oliy Liga bahslari yakuniga ko`ra, Toshkentning «Lokomotiv» klubi musobaqa jadvalida 3-o`rinni qo`lga kiritdi. Qayd etish joiz, bu «Lokomotiv»ning Oliy Liga tarixidagi ilk medallaridir. Toshkentlik temiryo`lchilar bronza medallar uchun Qarshining «Nasaf» jamoasi bilan bahs olib borib, Qashqadaryoda bo`lib o`tgan asosiy to`qnashuvda 2:0 hisobida g`alaba qozonib, medallar taqdirini amalda hal qilgandi.
Andijonning «Andijon» (18 ochko) va Muborakning «Mash`al» (23 ochko) klublari 2012 yilgi mavsum yakuniga ko`ra musobaqa jadvalida eng oxirgi o`rinlarni – mos ravishda, 14- va 13-o`rinlarni egallashdi. «Andijon»ning 14-o`rindan yuqoriga ko`tarila olmasligi bir necha tur avval ma`lum bo`lib ulgurgan bo`lsa, «Mash`al» so`nggi turda ham 12-o`ringa ko`tarilib olish imkoniyatiga ega edi. Biroq, asosiy raqib – «Navbahor» safarda «Qizilqum» bilan 1:1 hisobida durang o`ynaganiga qaramay, muborakliklarning o`zi o`z maydonida «Bunyodkor»ni mag`lub eta olmadi.
Farg`onaning «Neftchi klubi so`nggi turda «Olmaliq»ni 4:2 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuvda maydon egalari hujumchisi Anvar Berdiev xet-trikka erishdi. Shunday qilib, Berdiev Oliy Liga 2012 yilgi mavsumidagi gollari sonini 19taga etkazib olib, chempionat to`purariga aylandi. Qayd etish joiz, Berdiev aynan shu mavsumda Oliy Liga bahslaridagi o`zining 200-golini urishga muvaffaq bo`lgandi.
Oliy Liga-2012, 26-tur uchrashuvlari
21 noyabr, chorshanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Sho`rtan» (G`uzor) 4:1. 3864 tomoshabin.
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
Gollar: A. Fomenko (22), Z. Tojiev (26, penalti, 39), S. Usmonxo`jaev (82) – F. Tojiev (45).
Ogohlantirishlar: I. To`xtaxo`jaev (35) – H. Karimov (25), Ya. Krushelnitskiy (50).
Eng yaxshi o`yinchilar: Z. Tojiev – F. Tojiev.
«Qizilqum» (Zarafshon) – «Navbahor» (Namangan) 1:1. 127 tomoshabin.
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent viloyati), A. Usmonov (Toshkent), Sh. Ro`ziqulov (Qarshi).
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).
Gollar: F. Boboqulov (90+3) - N. Rindyuk (88).
Ogohlantirishlar: I. Ilin (30), S. Shixov (31), T. Vasilev (84) – J. Mehmonov (26).
Chetlatishlar: S. Shixov (ikkinchi ogohlantirish, 56).
Eng yaxshi o`yinchilar: F. Boboqulov – N. Rindyuk.
«Mash`al» (Muborak) – «Bunyodkor» (Toshkent) 0:2. 7204 tomoshabin.
Hakamlar: H. Ro`ziev (Toshkent), X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), R. Shoyaxmetov (Toshkent), A. Asimov (Toshkent).
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Gollar: K. Murzoev (44), B. Pardaev (69).
Ogohlantirish: G. Sapargaliev («Mash`al», 26).
Eng yaxshi o`yinchilar: G. Sapargaliev – I. Nesterov.
«Andijon» (Andijon) – «Metallurg» (Bekobod) 4:3. 2113 tomoshabin.
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), N. Toshmatov (Farg`ona), N. Ro`zimov (Urganch), Sh. Bozorov (Namangan).
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Gollar: O. Valijonov (13), L. Soliev (45), I. Mamatkazin (63), A. Jo`raboev (90+2) – Sh. Nurmatov (24, 56), H. Hoshimov (34, penalti).
Ogohlantirishlar: Yu. Tsoy (33), O. Valijonov (66), A. Jo`raboev (90+2) – S. Rasulov (36), M. Sulaymonov (76), O. Isaboev (82).
Chetlatish: H. Hoshimov (o`yindan so`ng).
Eng yaxshi o`yinchilar: Yu. Tsoy – H. Hoshimov.
«Paxtakor» (Toshkent) – «Buxoro» (Buxoro) 4:1. 9389 tomoshabin.
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), T. Abdullaev (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), V. Nadjafaliev (Toshkent).
Nazoratchi: R. Muminov (Toshkent).
Gollar: S. Andreev (39, penalti), T. Abduxoliqov (65), V. Kozak (69, 82) – J. Hasanov (87, penalti).
Chetlatish: E. Krimets («Paxtakor», 86).
Eng yaxshi o`yinchilar: V. Kozak – J. Hasanov.
«Neftchi» (Farg`ona) – «Olmaliq» (Olmaliq) 4:2. 9736 tomoshabin.
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), U. Karimov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), D. Pislegin (Toshkent).
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Gollar: M. Saidov (5), A. Berdiev (48, penalti, 69, 74) – S. Shoahmedov (65), Z. Polvonov (80).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Berdiev – Z. Polvonov.
«Nasaf» (Qarshi) – «Dinamo» (Samarqand) 2:1. 1113 tomoshabin.
Hakamlar: B. Tog`aev (Toshkent), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), O. Dachev (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent).
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: I. Boshkovich (12), I. Yunusov (83) - R. Ahmedov (49).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Yunusov – A. Risqullaev.
№ | Jamoa | O`yin | Ochko | G`alaba | Durang | Mag`lubiyat | U-G | O`-G | To`plar nisbati | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | ![]() |
Paxtakor | 26 | 59 | 18 | 5 | 3 | 51 | 16 | 35 |
2 | ![]() |
Bunyodkor | 26 | 57 | 17 | 6 | 3 | 42 | 16 | 26 |
3 | ![]() |
Lokomotiv | 26 | 49 | 14 | 7 | 5 | 43 | 22 | 21 |
4 | ![]() |
Nasaf | 26 | 49 | 14 | 7 | 5 | 37 | 20 | 17 |
5 | ![]() |
Sho`rtan | 26 | 40 | 12 | 4 | 10 | 38 | 33 | 5 |
6 | ![]() |
Neftchi | 26 | 37 | 10 | 7 | 9 | 36 | 29 | 7 |
7 | ![]() |
Buxoro | 26 | 35 | 10 | 5 | 11 | 25 | 31 | -6 |
8 | ![]() |
Olmaliq | 26 | 31 | 9 | 4 | 13 | 39 | 46 | -7 |
9 | ![]() |
Dinamo | 26 | 29 | 9 | 2 | 15 | 27 | 29 | -2 |
10 | ![]() |
Metallurg | 26 | 28 | 8 | 4 | 14 | 32 | 47 | -15 |
11 | ![]() |
Qizilqum | 26 | 27 | 6 | 9 | 11 | 22 | 41 | -19 |
12 | ![]() |
Navbahor | 26 | 26 | 6 | 8 | 12 | 19 | 34 | -15 |
13 | ![]() |
Mash`al | 26 | 23 | 6 | 5 | 15 | 20 | 43 | -23 |
14 | ![]() |
Andijon | 26 | 18 | 5 | 3 | 18 | 29 | 53 | -24 |