Oliy Liga va O`zbekiston Birinchiligi klublarining futbol maktablari 1996-97 yilda tug`ilgan futbolchilardan iborat tayyorlov guruhlari o`rtasidagi O`zbekiston Birinchiligi final bosqichi o`z yakuniga etdi.
Qarshi shahri mezbonlik qilgan final bosqichida Toshkentning «Bunyodkor» klubi futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Birinchilik g`olibiga aylanishdi. «Bunyodkor» futbolchilari final bosqichining so`nggi o`yinida Qarshining «Nasaf» klubini mag`lubiyatga uchratishdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlandi. O`yindan keyingi penaltilar serisyaida esa, omad toshkentlik futbolchilarga kulib boqdi - 6:5.
16 noyabr
7-o`rin uchun o`yin
«Metallurg» - «Qizilqum» - 2:0
5-o`rin uchun o`yin
«Neftchi» - «Mash`al» - 2:2 (penaltilar seriyasida – 4:3)
Yarim final
«Bunyodkor» - «Navbahor» - 5:2
«Paxtakor» - «Nasaf» - 1:1 (penaltilar seriyasida – 4:5)
18 noyabr. Uchinchi o`rin uchun o`yin
«Paxtakor» - «Navbahor» - 6:3
18 noyabr. Final
«Bunyodkor» - «Nasaf» - 0:0 (penaltilar seriyasida – 6:5).