Oliy Liga 25-tur. «Paxtakor» Olmaliqdan g`alaba bilan qaytdi

17.11.2012

Oliy Liga 25-tur. «Paxtakor» Olmaliqdan g`alaba bilan qaytdi

17 noyabr kuni mamlakatimizning ettita stadionida Oliy Liga 25-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi.

Turning markaziy uchrashuvlaridan birida Olmaliqda g`alaba qozongan «Paxtakor» chempionat peshqadamligini o`zida saqlab qoldi. Olmaliqdagi uchrashuvning ikkinchi bo`limida Temurxo`ja Abduholiqov hamda Sherzod Karimov tomonidan kiritilgan gollar «Paxtakor»ga yirik - 3:0 hisobidagi g`alabani keltirdi.

«Paxtakor»ni izma-iz ta`qib etib kelayotgan «Bunyodkor» o`z maydonida «Qizilqum» ustidan 3:0 hisobida g`alaba qozondi va «Paxtakor» bilan oradagi 2 ochkolik farqni saqlab qoldi.

25-turning yana bir qiziqarli uchrashuvlaridan biri «Nasaf» hamda «Lokomotiv» klublari o`rtasida kechdi. Sovrinli o`rinlar uchun kurashni davom ettirayotgan ikki jamoa o`rtasidagi uchrashuvda mexmonlar 2:0 hisobida g`alaba qozonishdi.

Oliy Liga 25-tur. 17 noyabr (shanba)
«Nasaf» (Qarshi) - «Lokomotiv» (Toshkent) - 0:2. 1782 tomoshabin
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), T. To`xtasinov (Andijon).
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: J. Oganesyan (77), Z. Tojiev (83)
Ogohlantirishlar: I. Yunusov (51) – J. Oganesyan (77), S. Abdullaev (77), M. Kazankov (77), Z. Tojiev (87).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Yunusov – J. Oganesyan.

«Dinamo» (Samarqand) - «Neftchi» (Farg`ona) - 2:0. 4315 tomoshabin
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), D. Saidov (Toshkent), A. Choriev (Termiz).
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
Gollar: S. Mamadaliev (40), S. Sayfiev (47)
Ogohlantirishlar: S. Mustafaev (4), S. Sayfiev (72), D. Otaqulov (90+1) – M. Nizomitdinov (21).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Mamadaliev – X. Xo`jaev.

«Olmaliq» (Olmaliq) - «Paxtakor» (Toshkent) - 0:3. 5745 tomoshabin.
Hakamlar: S. Zaylobiddinov (Farg`ona), X. Shodmonov (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), T. Galeev (Urganch).
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).
Gollar: T. Abduholiqov (52), Sh. Karimov (55, 75)
Ogohlantirishlar: B. Yo`ldoshev (20), N. Otaqo`ziev (49) – A. Kletskov (72).
Eng yaxshi o`yinchilar: O. Zoteev – Sh. Karimov.

«Buxoro» (Buxoro) - «Andijon» (Andijon) - 2:0. 5751 tomoshabin.
Hakamlar: M. Muhamedov (Tosh.vil.), R. Samandarov (Navoiy), V. Lushin (Guliston), Z. Qodirov (Navoiy).
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gol: J. Sulaymonov (50), J. Hasanov (90+1)
Ogohlantirishlar: O. Narzullaev (43), A. Muxitdinov (75) – B. Abduraximov (43), M. Xaitov (76).
Eng yaxshi o`yinchilar: D. Hasanov – O. Valijonov.

«Metallurg» (Bekobod) - «Mash`al» (Muborak) - 2:1. 3271 tomoshabin.
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), F. Xasanov (Namangan), A. Rajabboev (Namangan), R. Kopadze (Farg`ona).
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: X. Xoshimov (32), S. Rasulov (55) - P. Solomin (28)
Ogohlantirishlar: Sh. Norbekov (48) – I. Fomichev (8).
Eng yaxshi o`yinchilar: D. Karimov – U. Yusupov.

«Bunyodkor» (Toshkent) - «Qizilqum» (Zarafshon) - 3:0. 1235 tomoshabin
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), A. Bukatin (Toshkent), A. Mironov (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent).
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).
Gollar: V. Karpenko (4), B. Pardaev (12), J. Ibrohimov (73)
Ogohlantirishlar: B. Pardaev (67) – A. Rustamov (52).
Eng yaxshi o`yinchilar: V. Karpenko – T. Kagirov.

«Navbaxor» (Namangan) - «Sho`rtan» (G`uzor) - 1:1. 2310 tomoshabin
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), M. Sharipov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), Sh. Xakimov (Andijon).
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Gollar: A. Toirov (88) - L. Ubaydullaev (84)
Ogohlantirishlar: D. Mehmonov («Navbahor», 6).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Hamidov – V. Afonin.

cola
apex
mib
mib
mib
mib