Muborakning «Mash`al» futbol klubi maktabi tarbiyalanuvchilari - Oliy Liga va O`zbekiston Birinchiligi klublarining futbol maktablari 1998-99 yilda tug`ilgan futbolchilardan iborat tayyorlov guruhlari o`rtasidagi O`zbekiston Birinchiligi g`olibligini qo`lga kiritishdi. Final bahsida muboraklik o`quvchilar Toshkentning «Bunyodkor» futbol maktabi o`quvchilari ustidan 2:1 hisobida g`alaba qozonishdi.
Uchinchi o`rin uchun o`tkazilgan bahsda Farg`onaning «Neftchi» klubi o`quvchilari Toshkentning «Paxtakor» klubidagi tengdoshlaridan ustun kelishdi - 1:0
«Neftchi» a`zosi Shaxboz Abduraimov, «Bunyodkor» a`zosi Burxon Usmonov hamda «Mash`al» a`zosi Ozod Qurbonov sovrindor bo`lgan jamoalar orasida eng yaxshilari deb topilishdi. Barcha sovrindor bo`lgan futbolchilarga va jamoalarga sovrinni O`zbekiston Professional Futbol Ligasi Bosh direktori Farhod Magometov topshirdi.
10 noyabr (Shanba)
7 - o`rin uchun bahs
«Andijon» - «Metallurg» - 1:5
5 - o`rin uchun bahs
«Nasaf» - «Buxoro» - 3:2
Yarim final
«Mash`al» - «Paxtakor» - 1:1, 5:3 – penatilar seriyasida.
«Bunyodkor» - «Neftchi» - 4:2
12 noyabrya (Dushanba)
Uchinchi o`rin uchun bahs
«Paxtakor» - «Neftchi» - 0:1
Final
«Mash`al» - «Bunyodkor» - 2:1