Toshkentda Oliy Liga va O`zbekiston Birinchiligi klublarining futbol maktablari 1998-99 yilda tug`ilgan futbolchilardan iborat tayyorlov guruhlari o`rtasidagi O`zbekiston Birinchiligi final bosqichi bahslari davom etmoqda.
8 noyabr kuni musobaqa guruh bosqichidan o`rin olgan so`nggi tur o`yinlari bo`lib o`tdi. «A» guruhida «Mash`al» «Andijon»ni 5:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib, guruhda birinchi o`rinni olgan bo`lsa, «Neftchi» va «Nasaf» jamoalari o`rtasidagi o`yinda yarim final yo`llanmasini qo`lga kiritgan ikkinchi jamoa nomi ma`lum bo`ldi. Qiziqarli kurashlarga boy bo`lgan o`yin farg`onalik yosh futbolchilarning 2:1 hisobidagi g`alabasi bilan yakuniga etdi.
«V» guruhidan esa, kutilganidek, «Bunyodkor» va «Paxtakor» klublarining futbol maktablari yarim final yo`llanmasini qo`lga kiritishdi. «Bunyodkor» so`nggi turda «Buxoro»ni 1:0 hisobida mag`lub etgan bo`lsa, «Paxtakor» va «Metallurg» jamoalari o`rtasidagi o`yinda 5:2 hisobi qayd etildi.
Endi barcha jamoalar bir kun dam olishadi. Yarim final, shuningdek, 5- va 7-o`rin uchun o`yinlar 10 noyabr kuni bo`lib o`tadi. Shu kuni, final yo`llanmasi uchun, Muborakning «Mash`al» jamoasi «Paxtakor» tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushsa, «Bunyodkor» «Neftchi» bilan bahs olib boradi. Yarim final o`yinlari «Chilonzor» sun`iy qoplamali maydonida, 5- va 7-o`rin uchun o`yinlar esa «Chig`atoy» bazasidagi sun`iy qoplamali maydonda o`tkaziladi.
Oliy Liga va O`zbekiston Birinchiligi klublarining futbol maktablari o`rtasidagi O`zbekiston Birinchiligi final bosqichi bahslari(1998-99 yil tarbiyalanuvchilari), guruh bosqichi
8 noyabr, payshanba
«A» guruhi, 3-tur uchrashuvlari
«Mash`al» – «Andijon» 5:0
«Neftchi» – «Nasaf» 2:0
«V» guruhi, 3-tur uchrashuvlari
«Paxtakor» – «Metallurg» 5:2
«Buxoro» - «Bunyodkor» 0:1
«A» guruhi
№ |
Jamoa |
O` |
Yu |
D |
M |
T-N |
O |
1 |
«Mash`al» |
3 |
2 |
1 |
0 |
7:0 |
7 |
2 |
«Neftchi» |
3 |
2 |
0 |
1 |
10:3 |
6 |
3 |
«Nasaf» |
3 |
1 |
1 |
1 |
6:4 |
4 |
4 |
«Andijon» |
3 |
0 |
0 |
3 |
2:18 |
0 |
«V» guruhi
№ |
Jamoa |
O` |
Yu |
D |
M |
T-N |
O |
1 |
«Bunyodkor» |
3 |
2 |
1 |
0 |
7:1 |
7 |
2 |
«Paxtakor» |
3 |
2 |
1 |
0 |
8:4 |
7 |
3 |
«Buxoro» |
3 |
1 |
0 |
2 |
3:4 |
3 |
4 |
«Metallurg» |
3 |
0 |
0 |
3 |
3:12 |
0 |
10 noyabr, shanba
7-o`rin uchun uchrashuv
10:30. «Andijon» – «Metallurg» («Chilonzor» sun`iy qoplamali maydoni)
5-o`rin uchun uchrashuv
13:00. «Nasaf» – «Buxoro» («Chilonzor»)
Yarim final uchrashuvlari
10:30. «Mash`al» – «Paxtakor» («Chig`atoy»)
13:00. «Bunyodkor» – «Neftchi» («Chig`atoy»)