Futbol maktablari o`rtasidagi final bosqichi o`yinlari start oldi

06.11.2012

Futbol maktablari o`rtasidagi final bosqichi o`yinlari start oldi

6 noyabr kuni Oliy Liga va O`zbekiston Birinchiligi klublarining futbol maktablari 1998-99 yilda tug`ilgan futbolchilardan iborat tayyorlov guruhlari o`rtasidagi O`zbekiston Birinchiligi final bosqichi guruh bahslarida 1-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi.

«A» guruhi o`yinlari Toshkentdagi «Chilonzor» stadionida o`tkazilgan bo`lsa, «V» guruhi o`yinlariga «Chig`atoy» sun`iy qoplamali maydonida mezbonlik qildi.

«Andijon» va «Nasaf» futbol maktablari o`rtasidagi o`yinda qashqadaryoliklar kuchliroq chiqishdi va 5:2 hisobida g`alaba qozonishdi. «A» guruhining ikkinchi o`yini – Farg`onaning «Neftchi» hamda Muborakning «Mash`al» klublari futbol maktablari o`rtasidagi o`yinda ham Qashqadaryo vakili raqibidan kuchliroq chiqdi – 2:0, «Mash`al» foydasiga.

«V» guruhi 1-tur o`yinlari doirasida Bekobodning «Metallurg» klubi futbol maktabi Toshkentning «Bunyodkor» klubi futbol maktabiga 0:5 hisobida mag`lubiyatga uchratgan bo`lsa, «Buxoro» va «Paxtakor» jamoalari o`rtasidagi bahsda toshkentlik yosh futbolchilar kuchliroq chiqishdi – o`yin «Paxtakor»ning 2:1 hisobidagi g`alabasi bilan yakuniga etdi.

Final bosqichi guruh bahslari doirasidagi 2-tur uchrashuvlari 7 noyabr kuni bo`lib o`tadi. Shu kuni «A» guruhida «Andijon» – «Neftchi» va «Nasaf» - «Mash`al» o`yinlari o`tkazilsa, «V» guruhida «Metallurg» – «Buxoro» va «Bunyodkor» – «Paxtakor» o`yinlari bo`lib o`tadi.

Musobaqaning to`liq taqvimi bilan bu erda tanishish mumkin.

Oliy Liga va O`zbekiston Birinchiligi klublarining futbol maktablari o`rtasidagi O`zbekiston Birinchiligi final bosqichi bahslari(1998-99 yil tarbiyalanuvchilari), guruh bosqichi

«A» guruhi, 1-tur uchrashuvlari
6 noyabr, seshanba
«Andijon» – «Nasaf» 2:5
«Neftchi» – «Mash`al» 0:2

«V» guruhi, 1-tur uchrashuvlari
6 noyabr, seshanba
«Metallurg» – «Bunyodkor» 0:5

«Buxoro» – «Paxtakor» 1:2 

cola
apex
mib
mib
mib
mib