Oliy Liga 24-tur: «Bunyodkor» safarda «Sho`rtan»ni mag`lub etdi

06.11.2012

Oliy Liga 24-tur: «Bunyodkor» safarda «Sho`rtan»ni mag`lub etdi

6 noyabr kuni G`uzorda Oliy Liga 24-turining qoldirilgan uchrashuvi - «Sho`rtan» hamda «Bunyodkor» jamoalari o`rtasidagi bahs bo`lib o`tdi.

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Bahodir Pardaev mezbonlar darvozasi tomon belgilangan penaltini golga aylantirib, «Bunyodkor»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu goldan keyin har ikkala jamoa a`zolari uchrashuv yakunigacha ko`plab hujumlar uyushtirishdi. Hisob esa o`zgarmadi. Safarda muhim g`alabani qo`lga kiritgan «Bunyodkor» chempionat peshqadami, «Paxtakor» bilan oradagi farqni yana 2 ochkoga qisqartirishga erishdi.

Oliy Liga 24-tur. 6 noyabr (Seshanba).

«Sho`rtan» (G`uzor) – «Bunyodkor» (Toshkent) - 0:1 4021 tomoshabin
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov, N. Boltaev (Navoiy).
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gol: B. Pardaev (3, penalti)
Ogohlantirishlar: P. Agbo (11), F. Tadjiev (72) – D. Ibragimov (38), L. Turaev (81).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Taran – X. Karimov.

24-turdan keyingi vaziyat

Jamoa O`yin Ochko G`alaba Durang Mag`lubiyat U-G O`-G To`plar nisbati
1 Paxtakor 24 53  16 5 3 44 15 29
2 Bunyodkor 24 51  15 6 3 37 16 21
3 Nasaf 24 46  13 7 4 35 17 18
4 Lokomotiv 24 43  12 7 5 37 21 16
5 Sho`rtan 24 39  12 3 9 36 28 8
6 Neftchi 24 34  9 7 8 32 25 7
7 Buxoro 24 32  9 5 10 22 27 -5
8 Olmaliq 24 31  9 4 11 37 39 -2
9 Dinamo 24 26  8 2 14 24 27 -3
10 Qizilqum 24 26  6 8 10 21 37 -16
11
cola
apex
mib
mib
mib
mib