PFL tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unga ko`ra Oliy Liga, Yoshlar Birinchiligi hamda Birinchilik bahslarida maydondan chetlatilgan futbolchilarga qo`shimcha choralar ko`rildi.
OLIY LIGA
23-turdan o`rin olgan «Metallurg» jamoasiga qarshi kechgan bahsda to`psiz qolgan raqibining yuziga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Sho`rtan» himoyachisi Asror Aliqulov, tartib intizom qo`mitasi qaroriga ko`ra mavsum oxirigacha Oliy Liga bahslaridan chetlatildi.
YoShLAR BIRINChILIGI
20-turdan o`rin olgan «Navbahor» klubiga qarshi uchrashuvda raqib futbolchisiga nisbatan haddan tashqari qo`polik ishlatgan va maydondan chetlatilgan «Olmaliq» yarim himoyachisi Zafar To`raev, 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Buxoro» klubiga qarshi kechgan 20-tur uchrashuvida agressiv hatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan «Bunyodkor» yarim himoyachisi Dilshod Jo`raev 3 o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Nasaf» klubiga qarshi kechgan 21-tur bellashuvida uchrashuv bosh hakami sha`niga noma`qul so`zlarni ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan «Mash`al» himoyachisi Iskandar Shoyqulov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Dinamo»ga qarshi 22-tur bahsida raqibga atayin jarohat etkazishga uringani uchun maydondan chetlatilgan «Mash`al» himoyachisi Alik Haydarov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Nasaf» jamoasiga qarshi kechgan 23-tur uchrashuvida raqib o`yinchisi sha`niga no`maqul so`zlarni ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan «Paxtakor» yarim himoyachisi Abbosbek Maxstaliev, 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi hamda jarimaga tortildi.
BIRINChI LIGA
«So`g`diyona» jamoasiga qarshi kechgan ikkinchi bosqichning 9-tur uchrashuvida uchrashuv bosh hakami sha`niga noma`qul so`zlarni ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan «Qo`qon-1912» G`iyosjon Saydullaev, 4ta uchrashuvga chetlatildi hamda jarimaga tortildi.
«Chust-Paxtakor» jamoasiga qarshi kechgan ikkinchi bosqichninng 9-tur uchrashuvida o`z jamoadoshi sha`niga noma`qul so`zlarni ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan «Xorazm» hujumchisi Umar Raximov, 3ta o`yinga chetlatilgan.
«Nasaf-2» jamoasiga qarshi kechgan 11-tur uchrashuvida raqib futbolchisining yuziga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Chust-Paxtakor» darvozaboni Muzaffar Abdullaev, 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Zarafshon-PFK» jamoasiga qarshi kechgan 14-tur bahsida uchrashuv bosh hakamiga qasddan jarohat etkazish maqsadida zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Neftchi» hujumchisi Ozod Karimov, 10ta uchrashuvga chetlatildi.
«Yangier» jamoasiga qarshi kechgan 14-tur uchrashuvida raqib o`yinchisining yuziga zarba bergani uchun «Xorazm» yarim himoyachisi Botir Latipov, 2012-yilgi mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilindi hamda jarimaga tortildi.
«Yangier» jamoasiga qarshi kechgan 14-tur uchrashuvi yakuniga etganidan so`ng «Yangier» klubi vitse- prezidenti Erkin Davlatovning yuziga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Xorazm» himoyachisi Jasur Otajonov, mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilindi hamda jarimaga tortildi.