Oliy Liga 24-tur: «Paxtakor» peshqadamlikni mustahkamladi

28.10.2012

Oliy Liga 24-tur: «Paxtakor» peshqadamlikni mustahkamladi

28 oktyabr kuni O`zbekiston Oliy Ligasi 24-turidan o`rin olgan ikki uchrashuv bo`lib o`tdi. Turning markaziy uchrashuvlaridan biri Farg`onada «Neftchi» hamda «Nasaf» jamoalari o`rtasida kechdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda darvozalarga gol kiritilmadi va tomonlar nursiz durangga imzo chekishdi - 0:0

Chempionat peshqadami, Toshkentning «Paxtakor» klubi Samarqandning «Dinamo» klubini qabul qildi va 2:0 hisobida g`alaba qozondi. Birinchi bo`limda Temurxo`ja Abduxoliqov, ikkinchi bo`limda Stanislav Andreevlar tomonidan kiritilgan gollar «Paxtakor»ga navbatdagi 3 ochokni olib keldi. Ushbu g`alabadan so`ng «Paxtakor»ning ochkolari soni 53taga etdi va ular ikkinchi o`rinda borayotgan «Bunyodkor»dan endilikda 5 ochkoga oldinga o`tib ketdilar.

Tur doirasidagi «Sho`rtan» hamda «Bunyodkor» jamoalari o`rtasidagi o`yin esa, Toshkent klubining Osiyo Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab, noyabr oyiga qoldirilgan.

28 oktyabr (yakshanba)
«Neftchi» (Farg`ona) – «Nasaf» (Qarshi) - 0:0

Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), T. Abdullaev (Toshkent), D. Karimov (Toshkent).
Nazoratchi: V. Shtern (Tashkent).
Chetlatish: F. Musaev (Ikkinchi ogohlantirish uchun - Nasaf)

«Paxtakor» (Toshkent) – «Dinamo» (Samarqand) - 2:0
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), M. Majidov (Namangan), A. Snetkov (Tosh.vi.), R. Kopadze (Farg`ona).
Nazoratchi: G`. Imomov (Toshkent).
Gollar: T.Abduxoliqov (37), S. Andreev (74)

5-6 noyabr
«Sho`rtan» (G`uzor) – «Bunyodkor» (Toshkent)

Jamoa O`yin Ochko G`alaba Durang Mag`lubiyat U-G O`-G To`plar nisbati
1 Paxtakor 24 53  16 5 3 44 15 29
2 Bunyodkor 23 48  14 6 3 36 16 20
3 Nasaf 24 46  13 7 4 35 17 18
4 Lokomotiv 24 43  12 7 5 37 21 16
5 Sho`rtan 23 39  12 3 8 36 27 9
6 Neftchi 24 34  9 7 8 32 25 7
7 Buxoro 24 32  9 5 10 22 27 -5
8 Olmaliq 24 31  9 4 11 37 39 -2
9 Dinamo 24 26  8 2 14 24 27 -3
10 Qizilqum 24 26  6 8 10 21
cola
apex
mib
mib
mib
mib